Tumanda Maʼmuriy ishlar sudi tomonidan oʻtgan yili 664 ta sayyor sud oʻtkazildi
Maʼmuriy ishlar boʻyicha tuman sudida oʻtgan yili maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi 1 ming 350 ta ish koʻrildi.
Yil oxiriga qadar 961 ta ish boʻyicha 1 ming 125 shaxsga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanildi. Sud hukmiga koʻra 159 ta ish boʻyicha 159 nafar shaxsga maxsus huquqdan mahrum qilish, 168 ta ish boʻyicha 187 nafar shaxsga maʼmuriy qamoq jazolari belgilandi. Shuningdek, 336 ta ish boʻyicha 358 nafar shaxsga, 44 ta ish boʻyicha 44 nafar shaxsga nisbatan tegishli qonunga koʻra jazo choralari qoʻllanildi.
Sud tomonidan 531 shaxsga nisbatan qoʻzgʻatilgan 389 ta ish Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksda koʻrsatilgan tegishli moddalar asosida harakatdan tugatildi.
Sud ishida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida 664 marotaba sayyor sud majlislari oʻtkazildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶