JAMOATÇILIK NAZORATI – fuqarolik jamiyatini şakllantirişning muhim omili
Yurtboşimiz 2012-yil 17-mart kuni Xalq deputatlari Toşkent şahar
Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasidagi nutqida jamoatçilik nazoratini
amalga oşirişda mahallaning örni beqiyos ekaniga alohida eʼtibor qaratib, "...
biz xuquqiy-demokratik davlat qurmoqdamiz. Xuquqiy davlatning quroli ham,
himoyasi ham, közi ham, sözi ham, qonundir. Albatta, tegişli qonunlarni qabul
qiliş mumkin, lekin bu qonunlar bajarilmasa, odamlar, avvalo, rahbarlar, qonun
ximoyaçilari bölgan xuquq-tartibot idoralarining xodimlari qonunga itoat
qilmasa, bunday şaroitda adolatga, hokimiyatga işonç qoladimi özi? ... Bu masalada jamoatçilik nazorati,
mahallaning roli va taʼsiri juda kuçli ekanini xammamiz yaxşi bilamiz”, deya
taʼkidladilar.
Fuqarolarning
özini-özi boşqariş organlari samarali jamoatçilik nazoratini amalga oşirişdagi
ahamiyatini sönggi yillarda qabul qilinayotgan qonun xujjatlari ham isbotlab
turibdi.
Ayni paytda
Özbekiston "Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tegişli hamkor taşkilotlar
bilan birgalikda fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari huzuridagi
jamoatçilik nazorati va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş komissiyasining
namunaviy Nizomi işlab çiqildi va amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Jamoatçilik
nazorati va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş komissiyasi öz faoliyatini
jamoatçilik asosida fuqarolar yiğini (vakillar yiğilişi) qaroriga asosan amalga
oşiradi hamda tegişli davlat organlari, boşqa jamoat birlaşmalari bilan
hamkorlikda taşkil etadi. Komissiya Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
qonunlari va boşqa normativ-huquqiy xujjatlarga, fuqarolar yiğini qarorlari
hamda uşbu Nizom asosida fuqarolar yiğini tomonidan işlab çiqilgan hamda
tasdiqlangan Nizomga muvofiq iş yuritadi.
Komissiya öz
faoliyatida mustaqil bölib, faqat fuqarolar yiğini oldida hisobdordir.
Nizomda
komissiya faoliyati natijalari böyiça fuqarolar yiğiniga yilning har çoragida
hisobot berişi belgilangan.
Jamoatçilik
nazorati va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş komissiyasining maqsadi
fuqarolar yiğini xududida qonun xujjatlarining, yiğin va uning Kengaşi
qarorlarining ijro etilişi, şuningdek, isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş
ustidan jamoatçilik nazoratining amalga oşirilişini taʼminlaşdan iborat.
Komissiya jamoatçilik nazoratini amalga oşirar ekan, fuqarolar yiğini xududidagi
tadbirkorlik subʼektlarining huquq va
qonuniy manfaatlarini himoyalaş, yilning har çoragida tuman, şahar va viloyat
rahbarlarining fuqarolar özini-özi boşqariş organlari faoliyati sohasiga kiruvçi
masalalar yuzasidan hisobotlarini eşitiş hamda atrof-muhitni muhofaza qiliş va
obodonlaştiriş masalalari yuzasidan öz vakolati doirasida tegişli xududda
joylaşgan korxonalar, muassasalar, taşkilotlar rahbarlarining hisobotlari böyiça fuqarolar yiğini kengaşiga
asosli takliflar kiritiş kabi vakolatlarga ega.
Komissiya öz
faoliyatida isteʼmolçilarning huquqlari buzilişi xolatlarining oldini oliş xamda
bartaraf etiş böyiça tegişli davlat organlari bilan hamkorlikda jamoatçilik
nazoratini olib boradi.
Öz
vakolatlarini amalga oşirişda fuqarolar yiğinining asosiy yönalişlari böyiça
boşqa komissiyalar bilan hamkorlik qiladigan Jamoatçilik nazorati va
isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş komissiyasi fuqarolar yiğini tomonidan yiğin raisi
(oqsoqoli) va uning maslahatçilari saylovidan söng bir oy içida rais, rais
örinbosari, masʼul kotib va komissiyaning 5-10 nafar aʼzosidan iborat tarkibda
ikki yarim yil muddatga tuziladi. Komissiya aʼzolari soni fuqarolar yiğinidagi
aholi soniga hamda iş hajmiga qarab belgilanadi.
Fuqarolar
yiğini raisi (oqsoqoli) ayni paytda komissiya raisi hisoblanadi. Komissiya
tarkibiga tuman (şahar) isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati tomonidan
fuqarolar yiğini xududida taşkil etilgan tayanç guruhi rahbari, fuqarolar yiğini
raisi (oqsoqoli) tavsiyasi bilan yiğin aʼzolari orasidan oliy maʼlumotli,
muqaddam rahbarlik lavozimida işlagan yoki yuqori iş tajribasiga ega, mahallada
özining namunali xulqi bilan obrö-eʼtibor qozongan xamda komissiya faoliyatida
iştirok etişga xohişi bölgan faollar kiritilişi mumkin.
Şuni ham
eslatib ötiş joizki, komissiya aʼzolari bir vaqtning özida fuqarolar yiğini
huzuridagi boşqa komissiyalar aʼzosi bölişi mumkin emas. Ayni paytda, fuqarolar
yiğini raisining maslahatçilari, masʼul kotib, "mahalla posboni” jamoatçilik
tuzilmasining rahbari, yiğin xuzuridagi asosiy faoliyat yönalişlari böyiça boşqa
komissiyalarning aʼzolari komissiya tarkibiga kiriş huquqiga ega emaslar.
Xulosa
qilib aytganda, jamoatçilik nazorati va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş
komissiyasi faoliyatini tartibga soliş maqsadida işlab çiqilgan va amaliyotga tatbiq
etilayotgan Nizom fuqarolar yiğinlari işini yanada jonlantirişda, aholi
manfaatlarini himoyalaşda muhim meʼyoriy hujjat bölib xizmat qiladi.
R.Rözmetov,
Xalq
deputatlari tuman Kengaşi deputati, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman
bölinmasi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶