13.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
13.11.2026, 00:23
Jamiyat 👁 56,684

2014-yil uçun munajjimlar başorati

2014-yil uçun munajjimlar başorati

Qöy /21.03-20.04/

Qöy burji ostida tuğilgan insonlarni şubhasiz yorqin yil qarşi olmoqda. Ular hamkorlar hamda atrofdagilar bilan munosabatga yangiça yondoşadilar. Bunda oila, uy bilan boğliq muammolar ham eʼtibordan çetda qolmaydi. Özlarini böydoq, deb hisoblab yurganlar ham aynan bu yilda özlariga oilaviy muhit va şaxsiy boşpana yetişmayotganligini his qiladilar. 2014-yilda avval kelişmovçiliklar bölgan qarindoşlar bilan munosabatlarni tiklaş va yaraşiş uçun qulay palla.

2014-yil ular uçun ikkita muhim davrga ajratiladi. Avgustga qadar "asta yursang uzoqqa borasan” degan aqidaga amal qiluvçilar uçun omadli davr hisoblanadi. Ehtiyotkorlik, atrofdagilarning zaruratiga eʼtibor va ularni töğri tahlil qila biliş burj vakillarining barça işlarida omad keltiradi. Yilning ikkinçi yarmi yanada faollikni va ayrim hollarda qaʼtiy qarorlar çiqarişni talab qiladi. Martdan iyulgaça bölgan davrda ular öz juftlariga qöygan talablarini yana bir bor közdan ötkazişlariga töğri keladi.

Yangi munosabatlarni boşlaşda yulduzlaryoz fasligaça şoşilmaslikni maslahat beradi. Ana şunda siz vaziyatga töğri baho beriş imkoniga ega bölasiz. Böydoqlar uçun oila quriş va juftlarini ota-onalariga taniştiriş uçun qulay vaqt.

Buzoq /21.04-21.05/

Kelayotgan 2014-yil buzoq burjidagilar hayotlarida muhim pallalardan biri bölişi kutilmoqda. Öz hayotlariga teran qaraşni şakllantiriş ular uçun eng dolzarb masala bölib qoladi. Bu yangi munosabatlar yoki özgarişlarda, sevimli inson bilan munosabatlarda öz aksini topadi. Köpçilik buzoq burjidagi insonlarni köplab yangi tanişuvlar kutmoqda. Siz ğoyatda kirişimlilik, boşqalarga nisbatan eʼtiborlilik bilan turlixil odamlar bilan döstlik aloqalarini örnatasiz. Bu sizning mansab pillapoyalaridan yuqori kötarilişingizda ham katta rol öynaydi. Lekin yaqinlaringiz bilan va boşqa jiddiy munosabatlarda bu yil unçalik omadli bölmaydi. Siz ularning munosabatlarining qançalik mustahkam ekanligini sinab körasiz.

Bu burj vakillari özlarida ğamxör, eʼtiborli hamkorga kuçli ehtiyoj sezişadi. Yilning birinçi yarmida xuddi şunday odamni uçratasiz. Ammo bu siz uçun yangi tanişuv bölmaydi. Yulduzlar sizga haddan taşqari juftingizning tarjimai holiga qiziqib yurişingizni maslahat bermaydi. Yilning ikkinçi yarmida köpdan beri yolğiz bölganlarga ajoyib munosabatlarni amalga oşiriş imkoni tuğiladi. Yaqinlaringizga eʼtiborli böliş tavsiya qilinadi.

Egizaklar /22.05-21.06

Bu yil egizaklar uçun osuda va katta imkoniyatlarni amalga oşiriş uçun qulay yil böladi. Bunda ular uzoq muddat özlari oldida köndalang bölib turgan vaziyatni töğri baholay olişlari kerak böladi. Jiddiy va qatʼiyatli egizaklarga iş va soğliq borasida omad kulib boqadi. Iş borasida aniq qarorlar qabul qiliş, rahbarlar bilan munosabatlarni yaxşilaş uçun ayniqsa qulay palla. Köplar öz soğliqlarini yaxşilaş bilan maşğul bölişadi. Soğliq borasida jiddiy qayğurmasangiz, kasallikning yangi asorati paydo böliş xavfi bor. Soğliqlari bezovta qilmagan egizaklarda ham birdaniga soğliqlarini mustahkamlaş, soğlom hayot tarzi bilan şuğullaniş fikri tuğiladi. Şu bilan birga bu yil egizaklarning döstlari davrasida özgariş bölişi kutilmoqda.

Yilning birinçi yarmiga kelib, sizning şunça paytdan buyon döst, deb qarab kelgan insoningiz siz uçun döstdan ham qadrliroq ekanligini payqab qolasiz. Bu munosabatlar oktyabr oyiga borib avj nuqtaga çiqadi. Bu paytda özaro munosabatlar yangi bosqiçga kötarilişi kuzatiladi.

Qisqiçbaqa /22.06-22.07/

Yulduzlar 2014-yil qisqiçbaqalar uçun unutilmas tassurotlarga boy bölişini başorat qilişmoqda. Ularni iş borasida yoqimli syurprizlar kutmoqda. Ayniqsa öqiş yoki xizmat bilan boğliq bölgan çet el safari muvaffaqiyatli bölişi kutilmoqda. Avvalgi 3 oy yöl qöyilgan xatolarni tahlil qiliş, harakatlarni rejalaştirib oliş uçun qulay. Aprel oyidan boşlab faol işga kirişiş zarur. Bu vaqt orzularingizni amalga oşiriş uçun imkon paydo böladi.

Yilning ikkinçi yarmida ular daromadning ilk mevalaridan bahramand böladilar.

2014-yil bu burj vakillarining köpçiligi biror xobbi yoki karʼera yo qöşimça daromad topiş yöllarini izlab topadilar. Qisqiçbaqalar uçun bu yil iqtisodiy borada omadli bölişi kutilmoqda. Yilning birinçi yarmida ota-onangizga ayniqsa eʼtiborli böling.

Özingizdan ança katta, baland mavqedagi inson bilan yaqin munosabatlarga kirişişingizga töğri kelişi mumkin. Ammo bu munosabatlarning neçoğlik jiddiy ekanligi haqida albatta öylab köring.

Farzandlaringizning talab va ehtiyojlariga köp kuç sarflaşingizga töğri kelib, burç va vazifalaringizni bajarişga köp ehtiyoj seziladi.

Arslon /23.07-23.08/

Köpçilik arslonlar uçun bu yil xotirjam va osuda keçişi kutilmoqda. Ammo mana şu xotirjamlik ostida içki jiddiy özgarişlar, öz hayotiga qayta nazar taşlaş istagi kabilar yuzaga kelişi mumkin.

Uy va oila bilan boğliq masalalar yil böyi arslonlarning diqqat markazida böladi. Köpçilik bu burj vakillari öz munosabatlarini nikoh bilan qonuniy hal qilişga qaror qiladilar. Lekin yulduzlar sizga martdan iyulgaça bölgan davrda nikoh va boşqa hal qiluvçi qadamlarni qöymaslikni başorat qilmoqda. Ilk bahorda burj vakillarini yangi sevgi munosabatlari kutadi. Öz merosxörlarini kutayotganlarning yil oxirida orzulari uşaladi.

Ota-onangiz yoki katta yoşli qarindoşlaringizdan birining soğligi yomonlaşib, sizning yordamingizga muhtoj böladi.

Buning uçun oldindan hayajonlanmasangiz ham böladi. Çunki heç qanday jiddiy özgarişlar kutilmayapti. Muhimi, ular hozir sizning eʼtibor va mehringizga muhtoj.

Parizod /24.08-23.09/

2014-yil parizod burjidagilar hayotida katta özgarişlar kutilmaydi. Lekin bir qaraşda mayda tuyulgan ögarişlar bu burj vakillarining zerikişlariga yöl qöymaydi. Yangi tanişuvlar yuz berib, ular yangi döstlar orttirişadi. Oxir-oqibat ular oilaningyaqin insoniga aylanib qoladilar.

Köpçilik sunbulalar omma tomonidan tan olinişiga, yangi jamoalarda özlarini sinab köriş, lider böliş imkoniga ega böladi.

Köplab sunbulalar kelayotgan yilda öz juftining yangi qirralarini kaşf qiladilar.

Şunday munosabatlar yaqinlar örtasida ham yuz berişi mumkin. Yaqinlar örtasidagi tuşunmovçiliklar martgaça davom etib, keyinçalik asta-sekin izga tuşa boşlaydi. Yolğiz parizodlarga yulduzlar döstlar va tanişlar davrasidan öz juftlarini izlaşlarini maslahat beradi.

Tarozilar /24.09-23.10/

Kelayotgan yil tarozilar hayotining turli jabhalarida özgarişlarga boy bölişi kutilmoqda. Bu özgarişlar ularning şaxsiy hayoti va ota-onalari örtasidagi munosabatlarda namoyon böladi. Yulduzlar ötmiş yukidan xalos böliş, ota-ona obrösidan foydalanmasligini başorat qiladi. Avgustgaça bölgan davrda taqdir bitiklari yanada yorqin namoyon böladi.

Juftliklar örtasida munosabatlar yomonlaşadi. Ular birga böliş yoki ajraliş lozimligini aniqlab olişga qiynaladilar. Yulduzlar sizga bu borada sabrli böliş va sevimli insoningizga nisbatan muloyim bölişingiz lozimligini uqtirmoqda.

Çunki u haqiqatan ham sizni sevadi va munosabatlaringizni yaxşilaşga astoydil harakat qilmoqda. Yilning ikkinçi yarmiga kelib vaziyat özgara boşlaydi. Siz nafaqat özingiz, balki juftingiz ham faollaşganini körasiz. Yolğiz tarozilar bu yil sobiq sevgilisi bilan yangi munosabatlarga kirişişga urinişi mumkin. Hayotingizdagi sobiq sevgilingiz ötgan xatolaridan ökinib, kutilmaganda Sizga alohida eʼtibor bera boşlaydi. Lekin siz hissiyotlarga berilmay, heçbölmaganda bir neça oy tuyğularingizni sinab körişingizga töğri keladi.

Çayon /24.10-22.11/

2014-yil çayon burji vakillari nihoyat köp vaqtlardan buyon olğa yurişlariga tösqinlik qilayotgan ğovlardan qutulib, mustahkam oyoqqa turib olib, özlarini kaşf qiladilar.

Sizning muloqot doirangizda ham özgarişlar bölişi ehtimoldan xoli emas. Sizni boş ğoyalaringizdan çalğituvçi tanişlar ötmişda qolib, sizning rivojlaniş darajangizga mos yangi insonlar tez orada hayotingizga kirib keladi. Bu yil yangi uy quriş istagidagi çayonlarga omadli böladi. Yilning ikkinçi yarmida yangi marralarga çiqiş, şaxsiy işingizni oçiş, omma eʼtirofiga sazovor böliş va rahnamolik örnini egallaş imkoniyatiga ega bölasiz.

Yil bu burj vakillarini şaxsiy hayotlarida katta özgarişlar yuz bermasligidan ogoh yetmoqda. Yulduzlar sizga ortiqça xudbinlikni namoyon qilmaslikni maslahat beradi. Juftingizning sizning ğoyalaringizga töğri keladigan insonligini eʼtirof etgan holda, u bilan birgalikda özingiz ham yaxşi tomonga özgarayotganingizni, muloyim va bosiq bölib borayotganingizni ham eʼtiborga oling.

Öqotar /23.11-21.12/

Yulduzlar bu yil yoylarni syurprizlarga töla hayajonli damlar kutayotganidan dalolat berib turibdi. Bu özgarişlar sizning hayotga va özingizga bölgan qaraşlaringizni özgartirib yuborişi mumkin. Bu ayniqsa yilning birinçi yarmida yaqqol namoyon böladi. Ular hayot şaroiti, atrof-muhit, iş örni özlarining ösib borayotgan darajada töğri kelmay qolayotganini his qiladilar. Sizning mehnatingizga tölanayotgan haq kasbiy mahoratingiz darajasiga javob bermayotgani haqida öylab qolasiz. Ayrim burj vakillari özlarida sanʼatga iştiyoqsezadilar. Ana şunday kayfiyat bilan ayrimlar özlari yoqtirmagan işni taşlaydilar, ayrimlari esa işga bölgan qiziqişini yöqotadilar. Yilning ikkinçi yarmida özlarida dinga va falsafaga iştiyoq hissini tuyadilar. Lekin yulduzlar bunga mukkasidan ketiş tuşkunlikka olib kelişi mumkinligini başorat qilişmoqda.

Toğ eçkisi /21.12-20.01/

2014 yilning ilk damlaridanoq bu burj vakillari hayotning köp jabhalarida faol harakat qila boşlaydilar. Yil davomida ular yangi hayotiy hissiyotlar, yangi tanişuvlar, hammaning diqqat markazida böliş kabi yoqimli taassurotlar oğuşida bölişadi. Döstona munosabatlar borasida esa ularga insonlar bilan muloqotda eʼtiborlibölişi tavsiya qilinadi. Umumiy qiziqişlaringiz, bir-biringizga mos keladigan yangi tanişlar orttiriş uçun qulay palla. Oldinlari özingizni olib qoçib yurgan jamoat işlariga qaytiş ehtimoli mavjud. Ota-onangiz va boşqa yaqin qarindoşlaringiz ruhiy madadiga ehtiyoj seza boşlaysiz.

Ularda yilning ilk oylarida tuşkunlikka tuşiş holatlari kuzatiladi. Bunga oğir munosabatlardan uzilib, yangi hayotni toza varaqlardan boşlay olmaslik yoki muhabbat sabab bölişi mumkin. Mart oyidan keyin ular yana sevimli insonlari bilan hamma jabhalarda birga böliş istagi bilan yona boşlaydilar. Böydoqlar köngliga yaqin insonini uçratib, u bilan mustahkam aloqa örnatiş imkoniyatiga ega bölişadi.

Qovğa /21.01-19.02/

Özining orzu va maqsadlari yölida sobitqadam Qovğa burjida tuğilganlarga yil xayrli kelişi kutilmoqda. Ammo sizdan öta qatʼiyatlilik, mehnatsevarlik, işonç talab qilinişini unutmang. Loyihalaringiz uçun köpdan kutilgan daromad manbaini topişingiz mumkin. Bu yil burj vakillariga nafaqat quvonç, balki ayrim köngilsizliklarni ham keltirişi mumkin. Qarindoşlar va kasbdoşlaringiz bilan muloqotda bosiq böling. Haddan taşqari toliqiş, nutqingizga eʼtiborli böliş, öz-özingizga tanqiddan töğri xulosa çiqarsangiz, yil böyi sizni muvaffaqiyatlar kutadi.

Yilning ilk oylaridanoq sizni kutilmagan yoqimli sevgi sarguzaştlari kutmoqda. Bu inson sizning yaqin döstlaringiz orasidanbölib, u allaqaçon sizning kundalik hayotingizning bir qismiga aylangan.

Baliq /20.02-20.03/

2014-yilda baliqlarda boy ijodiy ösiş kuzatiladi. Ular özlari tanlagan sohada köpdan kutilgan kasbiy yutuqlarga erişişlari mumkin. Şu bilan birga siz turli davralar, özga jins vakillari orasida doimo diqqat markazida bölasiz.

Kuz-qiş oylarida yolğon hamda kutilmagan köngilsizliklardan ehtiyot böliş tavsiya etiladi. Eʼtiborli insonlar bilan muomalada ehtiyotkor böling.

Ular özga jins vakillari bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erişadilar. Faol maişiy hayot tufayli bu pallada siz köplab ixlosmandlarni atrofingizga yiğib, bir qança muddat eʼtibor va eʼtirofdan özingizni qöyarga joy topaolmaysiz. Ayniqsa, bahor va yoz oyi boşlarida şaxsiy hayotingiz voqealarga boy böladi. Iyuldan boşlab baliqlar öz hayotlariga aniqlik kiritişga harakat qiladilar.

Internet materiallari asosida Zebo RAJABOVA tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026