Tuman Maʼmuriy sudi tomonidan oʻtgan yili 634 ta ish boʻyicha 779 nafar shaxsga nisbatan jarima jazosi qoʻllanildi
Maʼmuriy sudlar tomonidan koʻrilayotgan aksariyat ishlarni transport vositalarini belgilangan qoidalarga zid ravishda boshqarish, noqonuniy tadbirkorlik faoliyati, avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish bilan litsenziyasiz shugʻullanish, mayda bezorilik, militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, pasport tizimi qoidalarini buzish va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar tashkil etadi.
Tuman Maʼmuriy sudida shu kabi huquqbuzarliklar boʻyicha oʻtgan yili 634 ta ish boʻyicha 779 nafar shaxsga nisbatan jarima jazosi qoʻllanildi. Sud hukmiga koʻra mazkur ishlarga muvofiq tayinlangan jarima miqdori 421 mln. 293 ming soʻmdan ortiqni tashkil etdi. Jarimaning 318 mln. 737 ming soʻmdan ziyodi toʻlovchilar tomonidan sud hisob raqamiga toʻlandi. Undirilmay qolgan qismini majburiy undirish uchun bu boʻyicha ijro hujjati Majburiy ijro byurosiga yuborildi.
M.Karimbayeva,
tuman Maʼmuriy sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶