Jamiyat
👁 866
Maktab oʻquvchilari shanbalik kunida ekologik bilimlarini oshirdilar

26-yanvar kuni Amudaryo tumanidagi 31-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilar jamoasi umumxalq ekologik xayriya hasharida faol ishtirok etgan boʻlsalar, ushbu maktab oʻquvchilari bu kunni ekologik bilimlar kuni sifatida nishonladilar.
Shu kuni maktabda oʻquvchilar ishtirokida ekologik mavzular boʻyicha davra suhbatlari oʻtkazilib, ularda oʻquvchilar bir birlari bilan atrof-muhit tozaligi, uning inson salomatligiga taʼsiri haqidagi bilimlarini oʻrtoqlashdilar.
Maktab oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazilgan bunday eko tadbirlar ularda ona tabiatimizga boʻlgan mehr muhabbatlarini yanada oshirdi.

Shahnoza Xoʻjamurotova, 31-sonli maktabning
yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶