2019-yilda yoshlar ittifoqi tuman Kengashi yordami bilan 85 ta loyiha amalga oshiriladi va 505 ta yangi ish oʻrni yaratiladi
Bugungi kunda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning nafaqat fidoyi ishtirokchisi va tashabbuskori, balki buyuk kelajak sari ilhomlantiruvchi qudratli kuchga aylandi. Oʻz saflarida 113 ming 461 nafar yoshlarni birlashtirgan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bunga yaqqol misol boʻladi. Bu haqda joriy yilning 29-yanvar sanasida OʻzYoI tuman Kengashi tomonidan 2018-yilda amalga oshirlgan ishlar va 2019-yil uchun belgilangan yangi rejaviy-tadbirlar muhokamasiga bagʻishlangan hisobot yigʻilishida soʻz yuritildi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi M.Shermetov “2018-yil yakunlari va 2019-yilda amalga oshiriladigan vazifalar toʻgʻrisida” maʼruza qildi.
Maʼruzada qayd etilishicha, yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan Ijtimoiy himoya, fuqarolar murojaatlari, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, yosh oilalar bilan ishlashish, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish, maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlar boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilgan. Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, 4 nafar yoshlarga nogironlik aravachasi, 4 nafariga kasanachilik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari uchun tikuv mashinalari, 3 nafariga velosiped, 5 nafariga oʻquv qurollari jamlanmasi berilib, 10 ta yosh oila xonadonlarining fasad qismi taʼmirlandi. 33-marta respublikamizning tarixiy shahar va muzeylariga sayohatlar uyushtirilib, 3 ta yosh oilaga koʻp qavatli uylardan 2 xonali kvartiralar ajratildi.
Yoshlar tomonidan tuman Kengashiga kelib tushgan 53 ta murojaat qanoatlantirildi.
Iqtidorli yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratildi. 2018-yil davomida 5 nafar yoshlar yetakchilari yuqori lavozimlarga tayinlandi.
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash yil davomida yoshlar ittifoqi tuman Kengashining diqqat markazida boʻldi. Mahalliy deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan iborat 12 ta kichik guruh tuzilib, xonadonma-xonadon yurib yoshlar muammolari oʻrganildi. Oʻrganishlar jarayonida aniqlangan 13,8 mingta muammolarni hal etish boʻyicha har bir mahalla, tuman (shahar) kesimida “Yoʻl xaritalari” ishlab chiqildi. Davlat Dasturi doirasida “Yoshlar - kelajagimiz” jamgʻarmasining tuman filiali tashkil etilib, 4 ta ish oʻrni yaratildi. 2018-yilning ikkinchi yarim yilligida, “Yoshlar - kelajagimiz” davlat Dasturi doirasida 12 ta biznes-loyiha uchun 2 mlrd. 555 mln soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlari ajratildi va 84 ta qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratildi. Bu kabi ishlar 2019-yilda ham izchil davom ettirilib, 85 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu loyihalar uchun 19 mlrd. 383 mln. soʻmlik mablagʻlar ajratilib, 505 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan.
Pespublika yoshlar markazi tuman boʻlinmasi 2018-yilning 5-aprelida tashkil etilgan boʻlib, boʻlinmada 5 ta toʻgarak oʻz faoliyatini olib bormoqda. Pus, ingliz tillarini puxta oʻrgatish, kompyuter savodxonligi, tikuvchilik, yoshlar teatr studiyalari toʻgaraklariga 1112 nafardan ortiq yoshlar qamrab olingan.
Yosh oilalar bilan ishlashish borasida yetarli tajribalar toʻplangan. 2018-yil davomida oilalar mustahkamligi, sogʻlom turmush tarzi va erta nikohning salbiy oqibatlari, oilalarda ajrashishlarning oldini olish mavzularida muntazam ravishda ochiq muloqotlar, davra suhbatlari, seminarlar oʻtkazilib, bu tadbirlarga 1000 dan ortiq oilalar vakillari qamrab olindi.
Maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda olib borilgan ishlar yanada salmoqli boʻldi. “Yoshlar kelajak - bunyodkori” shiori ostida oʻtkazilgan “Yoshlar festivallari”, “Yosh kitobxon” Pespublika koʻrik-tanlovi, “Eng namunali tuman Sardorlar Kengashi” tanlovi, “Eng namunali tuman yetakchilari Kengashi”, “Kamalak bilimdonlari” tanlovlari va “Yoshlar shaxmat taxtasi” turniri, “Momomning sandigʻi” 1-anʼanviy Oʻzbekiston Pespublikasi ertaklar tanlovida, “Kamalak yulduzlari” Pespublika bolalar ijodiyoti festivalida tumanimiz yoshlari gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

Boʻlib oʻtgan hisobot yigʻilishida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar ham aytib oʻtildi. Xususan, tumandagi bir qator umumtaʼlim maktablarining yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilot yetakchilari oʻz vazifalarini bajarishda sustkashlikka yoʻl qoʻyayotganlari qayd etildi va 17 ta boshlangʻich tashkilotlarning yoshlar yetakchilari qaytadan saylandi.
Hisobot yigʻilishida koʻrilgan masalalar ishtirokchilar tomonidan atroflicha muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi va yoshlar ittifoqi tuman Kengashining 2019-yilgi ish rejalari tasdiqlandi.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶