“Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi tuman boʻlinmasi masʼullari tashabbuskor yoshlar bilan uchrashdi
Joriy yilning 29-yanvar sanasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi tuman boʻlinmasi tomonidan jamgʻarma hisobidan moliyalashtirilgan tadbirkorlik subʼektlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-avgustdagi “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyati hamda davlat Dasturi doirasida yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli gʻoyalari va loyihalarini roʻyobga chiqarish, shuningdek yoshlar bandligini taʼminlashga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni hal etish boʻyicha tuman hokimi oʻrinbosari P.Salayev batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, tuman prokurori katta yordamchisi T.Mengilmuratov davlatimiz tomonidan yosh tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar, yaratilayotgan huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar, imtiyozli kreditlar olish yoʻl-yoʻriqlari hamda soliq tizimidagi yangiliklar xususida yoshlarga zarur tushunchalar berdi.
Uchrashuv davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar oldilar va biznes tashabbus koʻrsatish istagida boʻlgan bir guruh yoshlar “Murojaatlar daftari”ga roʻyxatga olinib, kelgusida oʻz loyihalarini amalga oshirishlarida “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi tomonidan qoʻllab-quvvatlash shartlari va imkoniyatlari tushuntirildi.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶