“MENING HUQUQIM – QONUN HIMOYaSIDA” INShOLAR TANLOVIDA IShTIROK ETING VA GʻOLIB BOʻLING!
Aholining huquqiy ong va savodxonligini oshirish, oʻz huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan yoshlarni tarbiyalashga hissa qoʻshish maqsadidagi “Mening oilam” gazetasi tahririyatining “Inson huquqlari – oliy qadriyat” nomli grant loyihasiga koʻra tahririyat tomonidan “Mening huquqim – qonun himoyasida” mavzusidagi insholar tanlovi oʻtkaziladi.
Taʼlim muassasalarining 6-10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan tanlovga qabul qilinadigan insholar kompyuterda terilishi va hajmi 2 betdan oshmasligi kerak. Insholar “Mening huquqim – qonun himoyasida” mavzusidagi insholar tanloviga deb koʻrsatilgan holda tahririyatga topshiriladi va fevral oyining oxiriga qadar qabul qilinadi.
Insholar tanlovida aniqlangan 1-3-oʻrin gʻoliblari 2019-yilning 5-mart kuni eʼlon qilinadi hamda ularga diplom va sovgʻalar topshiriladi.
Ozoda XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶