Amudaryo tumanida Iqtisodiy sud tomonidan oʻtgan yili 83,1 foiz ish sayyor sudda koʻrildi
Tuman Iqtisodiy sudi tomonidan qonuniylikni mustahkamlash, odil sudlovni amalga oshirish, tadbirkorlik subʼektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sud majlislarining tarbiyaviy oʻrni va ahamiyatini oshirish maqsadida koʻrilayotgan ishlarni aksariyat hollarda sayyor sud majlislarida jamoatchilikni jalb qilgan holda oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Iqtisodiy sud tomonidan 2018-yil davomida 2 ming 485 ta ish koʻrilgan boʻlib, shundan 1 ming 218 tasi Amudaryo tumanida koʻrib chiqildi.
Sud majlisining tarbiyaviy va profilaktik ahamiyatini oshirish maqsadida sud tomonidan 2 ming 71 ish, yaʼni jami koʻrilgan ishlarning 85,3 foizi sayyor sud majlislarida koʻrib chiqildi. Shundan 1 ming 12 ta ish, yaʼni 83,1 foizi Amudaryo tumani boʻyicha koʻrildi.
Iqtisodiy sud tomonidan tumanda odil sudlovni amalga oshirish, sudni «Adolat qoʻrgʻoni»ga aylantirish maqsadida aholi oʻrtasida uchrashuv, ochiq suhbatlar muntazam oʻtkazilmoqda. Ularga muammolarini hal qilishda, buzilgan huquqlarini tiklashda yaqindan yordam koʻrsatib borilmoqda.
Oʻ.Sobirov,
tuman Iqtisodiy sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶