“Tölqin” boks maktabida iqtidorli bolalar köp
Bolalar sportini rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor va rağbat tufayli tumanimiz yoşlari orasida turli miqyosdagi musobaqalar ğoliblari safi yil sayin oşib bormoqda. Bu borada Bolalar va ösmirlar sport maktabiga qaraşli “Tölqin” boks maktabi sportçi-yoşlari erişayotgan yutuqlar quvonarli.
Mazkur boks maktabida maşğulotlarning uzviyligini taʼminlaş, iqtidorli bolalar va ösmir-yoşlarni turli musobaqalarga tayyorlaşda boks sporti böyiça trener Nizomiddin Qipçoqboyevning öziga xos tajribasi va şaxsiy taşabbusi yangi-yangi muvaffaqqiyatlar garovi bölmoqda. 2014-yildan beri “Tölqin” boks maktabida trenerlik qilib kelayotgan Nizomiddin Qipçoqboyevning şogirdlari orasida nafaqat Qoraqalpoğiston, balki Özbekiston çempionlari, xalqaro musobaqalarning sovrindorlari bor. Şerzod Qodirboyev 2017-yilda Özbekiston çempionligini qölga kiritgan bölsa, şu yili Filippinda bölib ötgan Osiyo çempionatida mamlakatimiz şarafini muvaffaqiyatli himoya qilib, musobaqa şohsupasining uçinçi poğonasidan joy oldi va bronza medal sohibi böldi. 33-maktab öquvçisi Begzod Xolboyev yaqinda boks sporti böyiça bölib ötgan Qoraqalpoğiston Respublikasi çempionatida barça raqiblaridan ustun keldi va 1-örinni egalladi.
– Boks maktabimiz maşğulotlarida asosan 33-,32-, 8-,18-,28-,11-, va 7-sonli maktablarning boks sportiga qiziquvçi yoşlari iştirok etadilar, – deydi trener Nizomiddin Qipçoqboyev. – Şuğullanuvçilar safi 200 nafarga yetdi. Şaroitlarimiz yomon emas. Bolalar bilan şuğullanişda uzviylikni taʼminlaş maqsadida tinimsiz işlaşga töğri keladi.
Nizomiddin har kuni 10-12 soatlab şogirdlari bilan şuğullanişdan çarçamaydi. Uning orzusi tumanimizning çekka qişloğidagi “Tölqin” boks maktabi sportçilari orasidan jahon çempionlari yetişib çiqişiga erişiş. Sportçi bolalar va ösmir-yoşlar orasida esa iqtidorlilar köp. Barçasi harakatçan, epçil, eng muhimi, jismonan soğlom.
Suratda: Qoraqalpoğiston Respublikasi çempioni, 33-sonli maktab öquvçisi Begzod Xolboyev.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶