Chegara hududida yashovchi fuqarolar bilan chegarachilar hamkorligi mustahkamlanayapti
30-yanvar kuni Amir temur nomli ovul hududida joylashgan 25-sonli maktabda ovul aholisi vakillari bilan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli 9202 “D” harbiy qism xodimlarning uchrashuv yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv yigʻilishida harbiy qism xodimi E.Joʻraboyev soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga amal qilgan holda chegara oldi hududlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash va Davlat chegarasi daxlsizligini saqlashda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va chegara hududida yashovchi fuqarolar bilan chegarachilar hamkorligini mustahkamlash toʻgʻrisida gapirdi.
Shundan soʻng 9202 “D” harbiy qism xodimi O.Mahmudov soʻzga chiqib, chegara oldi rejimi va fuqarolarning pasport rejimiga rioya qilish qoidalari haqida tushunchalar berdi.
Shuningdek, ushbu tadbirda tuman ichki ishlar boʻlimi xodimi, katta serjant B.Norboyev ham soʻzga chiqib, hududimizga qoʻshni davlatlardan turli buzgʻunchi axborotlar kirib kelishining oldini olish va aholida maʼnaviy tahdidlarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish maqsadida milliy, diniy urf-odatlar va oilaviy marosimlarni ixcham, zamonaviy va keng aholi manfaatlarini hisobga olgan holda tashkil etish, mahalla aholisi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish haqida gapirdi.
Yigʻilish davomida fuqarolar oʻzlarini qizqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Yigʻilish yakunida Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻini raisi O.Yusupov yigʻilishda ishtirok etgan harbiy qism xodimlariga aholi vakillari nomidan minnatdorchilik bildirdi.
Tadbir yakunida muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶