Jamiyat
👁 495
HARBIY QISMLARDA A.NAVOIY TAVALLUDINING 578 YILLIGIGA BAGʻIShLANGAN TADBIRLAR OʻTKAZILDI
8-fevral kuni Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli 9202 “K” va “D” harbiy qismlarida Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi.
Ushbu tadbirlarda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tumani boʻlimi rahbari M.Saparbayev va tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 15-sonli maktab oʻqituvchisi I.Iskandarovlar ishtirok etishib, shoirning hayoti va ijodi haqida gapirdilar, gʻazallaridan namunalar oʻqidilar.
Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi. Ulugʻ shoir A.Navoiy tavalludining 578 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan ushbu tadbirlar harbiy xizmatchilarda katta taassurotlar qoldirdi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶