“Koʻzmunchoq” maktabgacha taʼlim muassasasida kichkintoylar uchun qulay sharoit yaratildi
“Obod qishloq” dasturi asosida zamonaviy qiyofaga keltirilgan Nazarxon ovulidagi “Koʻzmunchoq” maktabgacha taʼlim muassasasi ham qayta taʼmirlandi va u yerda kichkintoylar uchun qulay sharoit yaratildi. Bundan nafaqat kichkintoylar, balki ota-onalar bilan birga butun ovul ahli juda minnatdor boʻldi.
Shu oʻrinda muhtaram Prezidentimizning qishloq bogʻchalarida ham shahar bogʻchalaridagidek shart-sharoitlar yaratish kerak, ayniqsa, bolalar tarbiyasi jarayoniga oʻz ishini puxta biladigan malakali va har bir bolaga individual yondasha oladigan pedagog kadrlarni jalb qilgan holda ularni goʻdakligidan ongi va tafakkurini toʻgʻri shakllantirib bormasak, kelajakda yuksak saviya, bilim va maʼnaviyatga ega boʻlgan barkamol avlodni tarbiyalash qiyin boʻladi, deya eʼtirof etganlari oʻz tasdigʻini topganini ishonch bilan aytish mumkin.
kunda qayta taʼmirlanib, barcha imkoniyatlar yaratilgan muassasada bolajonlarga yetuk taʼlim-tarbiya berishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Albatta, yaxshi sharoit va malakali tarbiyachi bor joyda bolaning qiziqishi, qobiliyati toʻgʻri shakllanib boradi va shu asosda uning kelgusi hayotiga zamin yaratiladi.
Bolalik inson umrining quvonch va shodliklariga toʻla boʻlgan eng begʻubor onlari. Muassasada tarbiyalanayotgan kichkintoylarning koʻzlaridagi quvonchni koʻrib, davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklardan butun ovul ahli nihoyatda minnatdor. Nafaqat jajji shirintoylar, balki muassasa xodimlari ham eʼtibor va ragʻbatdan yanada toʻlqinlanib, gʻayrat-shijoat bilan ishlashmoqda.
Nabira ORAZIMBETOVA,
10-sonli MTM psixologi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶