Banklardagi hisobvaraqlar operatsiyalarini toʻxtatib qoʻyish bilan bogʻliq 133 ta ish koʻrib chiqildi
Prezidentimizning 2005-yildagi “Tadbirkorlik subʼektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra, tadbirkorlik subʼektlariga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini faqat sud orqali qoʻllanish tartibi joriy etildi.
Iqtisodiy sudlar tomonidan amal qilinadigan Iqtisodiy protsessual kodeksiga koʻra ish jarayonlarida tegishli tartibda huquqiy taʼsir choralari qoʻllaniladi. Ushbu Kodeksning 217-moddasiga asosan faoliyatni tugatish, atrof-tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obʼektlar faoliyatini tugatish yoki qayta ixtisoslashtirish kabilar huquqiy taʼsir choralari hisoblanadi. Shuningdek, sud qonunda nazarda tutilgan va mustasno qilingan hollardan tashqari, banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish, moliyaviy sanktsiyalarni qoʻllash, bundan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penyalar hisoblash, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalarning amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni bekor qilish kabi choralarni qoʻllashga ham haqli.
Sud qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqiy taʼsir choralarni ham qoʻllashi mumkin boʻlganligi sababli, belgilangan qonunlar asosida xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning banklardagi hisobvaraqlar operatsiyalarini toʻxtatib qoʻyish boʻyicha ham huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilib kelinmoqda. Mazkur toifadagi ishlarda Iqtisodiy sudlar uchun Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan kiritilgan ariza asos boʻla oladi.
Tuman Iqtisodiy sudi tomonidan oʻtgan yil mobaynida banklardagi hisob-varaqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish bilan bogʻliq 133 ta iqtisodiy ish koʻrildi. Shundan 108 ta ish boʻyicha arizalar qanoatlantirilgan boʻlsa, 25 ta ish boʻyicha arizalarni qanoatlantirish rad etildi.
Iqtisodiy sudlarda qoʻllanilayotgan huquqiy taʼsir choralari tadbirkorlar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan qonun buzilish holatlariga chek qoʻyilishida katta ahamiyat kasb etmoqda.
Oʻtkir Sobirov,
tuman Iqtisodiy sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶