17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 01:34
Jamiyat 👁 846

Oʻzini oʻzi oʻldirish - fosiqlikdir

Oʻzini oʻzi oʻldirish - fosiqlikdir

Alloh taolo inson zotini azizu mukarram qilib yaratgan. Uning shaʼnini ulugʻlab, Yer yuzadagi barcha narsalarni uning manfaati uchun paydo qilgan. Insonning shaʼniga, moliga, joniga nohaq tajovuz qilishni harom qilgan. Uning hayotini saqlashni Islom shariatining asl maqsadi qilib belgilab qoʻydi. Qurʼoni karimda bular haqida shunday bayon etilgan: “Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot-ulov va kemalarga) mindirib qoʻydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni Oʻzimiz yaratgan koʻp jonzotlardan afzal qilib qoʻydik”. (Isro, 70).

Demak, Alloh aziz qilgan insonning joniga qasd qilib, uning qonini toʻkish eng ogʻir gunoh sanaladi. Qurʼoni karimda aytiladiki: “Biror jonni oʻldirmagan yoki Yerda (buzgʻunchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarini qilmagan insonni oʻldirgan odam xuddi hamma odamlarni oʻldirgan kabidir. Unga hayot baxsh etgan (oʻlimdan qutqarib qolgan) odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir” (Moida, 32-oyat).

Boshqa oyati karimada Alloh taolo aytadi: “Alloh taqiqlagan jonni nohaq qatl qilmangiz! Aql yuritishingiz uchun (Allohning) hukm qilgani shu(lar)dir” (Anʼom surasi, 151-oyat).

Jahondagi nufuzli islom muassasalari, chunonchi Misr Arab Respublikasi Fatvo Boshqarmasi va Saudiya Arabistoni ulamolari ham turli yoʻllar bilan begunoh odamlarning oʻlimiga sabab boʻlishni sharʼan harom amal ekanligini eʼlon qilgan. Bu ishni Islomga hech bir aloqasi yoʻq. Bu gunoh ishni amalga oshirganlar Alloh taoloning azobiga uchraydi, deb alohida taʼkidlagan.

Insoniyatni ikki dunyo saodatiga eltuvchi Islom dinining asoslari boʻlmish Kurʼoni karim oyatlari hamda Paygʻambarimiz (s.a.v) sunnatlarida insonning hayotiga nohaq tajovuz etish, oʻzini oʻzi oʻldirish, birovning moli, or-nomusi, aqli va eʼtiqodiga zarar yetkazish qatʼiyan man etiladi. Hayot inson uchun berilgan eng qadrli omonatdir. Inson bu neʼmatni asrab avaylashi, unga xiyonat qilmasligi lozim, aks holda eng ogʻir jinoyatga qoʻl urgan, oʻz zimmasiga katta gunohni orttirgan boʻladi.

Qurʼoni karimda insonni oʻzining yashash huquqiga tajovuz qilishdan qaytarib: «Oʻz qoʻlingiz bilan oʻzingizni halokatga tashlamangizlar».- deyilgan. (Baqara surasi 195-oyat)

Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom ham oʻz hadisi shariflarida oʻzini-oʻzi oʻldirish harom ekanligi, bunday ishni qilgan kishiga oxiratda qattiq azoblar bor ekanligi haqida aytib oʻtganlar. Jumladan, bir hadisda: «Alloh taolo hadisi qudsiyda marhamat qilurki: «Bandam oʻzini-oʻzi oʻldirib, Mening unga bergan umrimga shukr qilmay ,shoshildi. Shuning uchun unga jannatni abadiy harom qildim».

Yana bir hadisda: «Kimki oʻzini temir parchasi bilan oʻldirsa, u kishi oʻsha temir parchasi qorniga suqilgan holda qiyomatda jahannam oʻtida abadiy qolur. Kimki oʻzini zahar bilan oʻldirsa, u kishi oʻsha zahar bilan qiyomat kunida doʻzax azobida doimiy azoblanur» degan boʻlsalar, boshqa hadisda: «Kim oʻzini biror narsa bilan oʻldirsa, qiyomatda oʻsha narsa bilan azoblanadi», deganlar.

Boshqa bir rivoyatda esa: «Kimki oʻzini togʻ tepasidan tashlab oʻldirsa oʻlgandan keyin ham jahannamda shu xil azobga giriftor boʻladi. Oʻzini suvga tashlab yoki osib yoki kuydirib oʻldirgan kishilarning hukmi ham uning hukmi bilan barobardir», deyilgan.

Ming afsuslar boʻlsinki, hozirgi kunda baʼzi insonlarda sabru matonat yetishmay oʻz jonlariga qasd qilayotganlarining guvohi boʻlib turibmiz. Buni Alloh bergan hayotga noshukrlik oqibati deb baholashdan oʻzga chora yoʻq. Bunday mudhish holatlar nafaqat Islom taʼlimotiga, balki Alloh taoloning qazoi qadariga ham tugʻyon qilish, unga qarshi borish demakdir.

Oʻzini-oʻzi oʻldirish naqadar ogʻir gunoh ekanligini shundan ham bilish mumkinki, Rasululloh (s.a.v) bunday ishni qilgan kishiga janoza namozini oʻkimaganlar.

Islom shariatida oʻzini-oʻzi oʻldiruvchilar haqida maxsus fatvolar berilgan.

Maʼlumki, oʻzini-oʻzi oʻldirgan kishining janozasini oʻqish paytida har xil gap-soʻzlar chiqa boshlaydi. Bu bejizga emas, sababi fiqh kitoblarida oʻz joniga qasd qilib, oʻzini-oʻzi oʻldirgan shaxslarga ayrim ulamo va fuqaholar janoza namozi oʻqimaslik toʻgʻrisida fatvo ham berganlari bu jinoyatni amalga oshirayotgan, irodasi sust kishilarga keskin ogohlantirishdir.

Shunga koʻra, baʼzi ulamolar, oʻzini oʻzi oʻldirgan kishiga imom xatib janoza namozi oʻqimaydi, balki mayyitning yaqinlaridan biri oʻqiydi, deganlar. Buning sababi, odamlar oʻz joniga qasd qilishning oqibati yomon boʻlishi, hatto unga katta jamoat boʻlib, imom boshchiligida namoz oʻqimasligini bilsinlar va bunday gunohi azimga qoʻl urishdan qoʻrqsinlar, degan maʼno bor.

Alloh taolo barchamizni bunday ulkan gunohlardan saqlanishga va doimo Oʻzining itoatida boʻlishga, ayni paytda hayotdan mazmunli foydalanishimizga muvaffaq aylasin. Omin!

A.Matsapoyev, Yusuf eshon bobo

jomeʼ imom xatibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019