Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi doirasida tadbirlar oʻtkazilmoqda
Giyohvandlik illati dunyo boʻyicha global muammoga aylanib, insoniyatga tahdid solmoqda. Bu illat har qanday odamning hayotini izdan chiqarib, jinoyatlar sodir etilishiga, oilalar va millat genofondining buzilishiga sabab boʻlmoqda.
Mamlakatimizda giyohvandlikning ildiz otishiga yoʻl qoʻymaslik uchun turli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi, davlat organlari va jamoat tashkilotlari hamkorligida bu ofatga qarshi izchil kurash olib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan har yili yoshlar oʻrtasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi oʻtkazib kelinadi. Joriy yilda ham 1-fevraldan 1-martgacha Oʻzbekistonda "Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi" deb eʼlon qilindi.

Oylik doirasida mazkur illatdan ogoh boʻlish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish boʻyicha turli tadbirlar, uchrashuv va seminarlar oʻtkazilib, giyohvandlikning qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi keng tushuntirilmoqda.
Doʻrman ovulidagi “Qoramon” mahallasida 53-sonli maktabda ham giyohvandlikning ogʻir oqibatlari haqida keng tushuncha berish maqsadida oylik doirasidagi tadbir oʻtkazildi. Tadbirda ishtirok etgan ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼullari, hudud boʻyicha tuman IIB profilaktika inspektori giyohvandlikka qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda mamlakatimizda giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanuvchi transmilliy guruhlarni aniqlash, ularning noqonuniy faoliyatiga chek qoʻyish, tarqalish yoʻllarini toʻsish, giyohvand oʻsimliklar ekilishi va narkomaniya yoyilishining oldini olishga alohida eʼtibor qaratilayotganini hayotiy misollar yordamida gapirib oʻtdilar.
Tadbirda barcha ishtirokchilar giyohvandlikning ayanchli oqibatlari haqida maʼlumotlarga ega boʻldilar.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶