Fuqarolarning mehnat huquqlari targʻibotiga bagʻishlangan majlis oʻtkazildi
20-fevral kuni Mangʻit shahridagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi tomonidan tadbir oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Pespubikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining 2018-yil 26-dekabrdagi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Pespublikasi Qonunining ijro etilish holatini Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida nazorat-tahlil tartibida oʻrganish yakunlari haqida”gi qarorida koʻrsatilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Pespublikasi Qonunida nazarda tutilgan qoidalarni targʻib etishga bagʻishlangan mazkur davra suhbatini tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi diretori Alisher Sobirov ochdi va olib bordi.
Tadbirda dastlab Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Bandlik va Mehnat vazirligining Davlat mehnat texnik inspektori Azamat Nurimbetov “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan qoidalar haqidagi maʼruzasi tinglandi.

Maʼruzachi oʻz soʻzida Qonunning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilab berilgan 5-moddaga alohida toʻxtaldi. Har bir modda mehnat jarayonida xodimning hayoti va sogʻligi ustuvorligini taʼminlash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalinganlarni ijtimoiy himoya qilish borasida ish beruvchi tashkilotlarning zimmasiga qator vazifalar yuklanganini, yurtimizda har bir fuqaro uchun munosib mehnat sharoitlari yaratilayotganini taʼkidladi.
Oʻzbekiston Pespublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpogʻiston Kasaba uyushmalar tashkilotlari birlashmasi mehnatni muhofaza qilish boʻlimi xodimi Bekpoʻlat Oʻtepbergenov xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi – uni mehnat jarayonidagi har xil baxtsiz hodislardan himoya qilishini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Maʼruzalar yuzasidan qizgʻin muzokaralar boʻldi. Davra suhbatida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Oʻtkazilgan tadbir mehnatni muhofaza qilish borasida xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻyilishining oldini olishda ish beruvchilarning ham, ishchilarning ham manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O.Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶