Harbiylar aholi va yoshlar bilan uchrashdi
22-fevral kuni Qilichboy ovuli markazida aholining harbiylar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Aholining, shu jumladan oʻquvchi yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish, kelajagimiz egalarini vatanparvarlik ruhida kamolga yetkazishga hissa qoʻshish maqsadi koʻzlangan ushbu tadbirning ochilish marosimida tumanimiz hokimi Sultonboy Yoʻldoshev, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, tuman mudofaa, ichki ishlar boʻlimlari masʼullari soʻzga chiqib, mamlakatimizda jamoat tartibini saqlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtdilar.
Chindan ham, keyingi yillarda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida tizimli va samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, mazkur faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza xalq manfaatlariga xizmat qilishdek oliyjanob gʻoya asosida tubdan qayta koʻrib chiqildi. 2018-yil 4-dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻistonda jamoat xavfsizligini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoyishi ham shular jumlasidandir. Mazkur farmoyish hududda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida oʻrnatilgan mexanizmlarning samarali amalga oshirilishini taʼminlashda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda jamoatchilik tuzilmalarining kuch va vositalarini muvofiqlashtirish, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida ularning masʼuliyatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining ushbu Farmoyishini amalga oshirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga koʻra joylarda harbiy-vatanparvarlik festivali shaklidagi targʻibot aktsiyalari oʻtkazilmoqda. Tumanimizning Qilichboy ovulida oʻtkazilgan shu kabi tadbirda yoshlar hamda aholining keng qatlami vakillari ishtirok etdi.
Pespublikamizdagi Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamkorligida tashkil qilingan ushbu tadbirda milliy armiyamiz Vatanimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimiz osoyishtaligining ishonchli qalqoniga, yoshlar uchun haqiqiy vatanparvarlik maktabiga, harbiylik esa shon-sharaf ishiga aylangani taʼkidlandi.
Tadbirda yoshlar eʼtiboriga Armiyamiz va Milliy gvardiyaning salohiyati haqida hujjatli film namoyish qilindi. Tadbir doirasida Qilichboy madaniyat markazi binosi oldida harbiy qurol-aslahalar, texnikalar namoyish etildi. Yoshlar harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishdi, askar va ofitserlar bilan suhbatlashdi.










▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶