MAHLIYo TOIROVA “QIŞ ERTAGI” MUSOBAQASI ĞOLIBI BÖLDI

Mamlakatimizda ösib kelayotgan yoş avlodni sportga keng jalb qilişga, jismonan yetuk bölib ulğayişlariga şaroitlar yaratişga ulkan eʼtibor qaratilmoqda, turli tanlovlar , musobaqalar ötkazilib, iqtidorlari sinovdan ötkazilmoqda.
Şunday musobaqalardan biri yaqinda Toşkent şahrida bölib ötdi. 2007- 2009- 2010-yillarda tuğilgan qizlar örtasida badiiy gimnastika böyiça mamlakat miqyosida eng iqtidorlilarni aniqlaş maqsadida ötkazilgan “Qiş ertagi” nomli musobaqada tumanimizdagi Bolalar- ösmirlar sport maktabining badiiy gimnastika guruhi tarbiyalanuvçilari ham iştirok etişib, yoruğ yuz bilan qaytişdi.Murosasiz keçgan bahslarda murabbiylar Maʼmura Matyoqubova, Mohira Berdiboyevalarning şogirdlari Mahliyo Toirova birinçi,Sarvinoz Yermakova ikkinçi, Asaloy Arabboyeva ikkinçi örinlarni yengib oldilar.Qölga kiritgan bu natijalari ularni spor t bilan yana ham qunt bilan şuğullanişga undamoqda.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶