TOMORQA YeRLARI DAROMAD MANBAIGA AYLANTIRILMOQDA
Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimizning tomorqani rivojlantirishga, provardida esa aholi farovonligini, ularning dasturxonlari toʻkinligini taʼminlashga qaratayotgan eʼtibori barcha yurtdoshlarimizda yaxshi kayfiyat uygʻotmoqda. Natijada tumanimiz ovul va mahallalarida istiqomat qilayotgan kishilarda oʻz yerlariga mehr uygʻonib, undan oqilona foydalanish hissi paydo boʻlayapti.

Bobur nomli ovulda istiqomat qilayotgan Nizomiddin Qoʻshimbetov tomorqadan unumli foydalanish boʻyicha hamqishloqlariga namuna boʻlayotgan dehqonlardan biri hisoblanadi. U ayni kunda oʻz tomorqasi hududida 3,5 sotix yerda issiqxona tashkil etib, unda 65 tup limon, 14 tup anorni parvarish qilayotir. Shuningdek, ushbu issiqxonada karam va gul koʻchatlari, sabzi, qulupnay va bodring ham yetishtirilmoqda.


-Biz necha yillardan buyon qishloqda yashasak ham oʻz tirikchiligimiz va farovon turmushimizga omil boʻladigan tomorqa yerlarimizdan oqilona foydalanishni bilmas ekanmiz, - deydi Nizomiddin Qoʻshimbetov. – Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan bugun hammamiz ilgari boʻsh yotgan yerlarimizga mehr va eʼtibor bera boshladik. Endi biz tomorqamizni daromad manbaiga aylantirishga ham harakat qilayapmiz.
Haqiqatan ham bugungi kunda barcha fuqarolar nafaqat oʻzlarining rizq-roʻzlarini yaratishda, balki katta daromad topishda ham omil boʻladigan tomorqa yerlariga eʼtiborlarini kuchaytirishmoqda.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶