Qishloq xoʻjaligi
👁 564
Mavsumga puxta hozirlik koʻrilayapti
Jumur ovul mahallasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan “Nurbek Zoxid” fermer xoʻjaligida ekin maydonlarining shoʻrini yuvish ishlari jadal surʼatlarda davom etayotir.
Fermer xoʻjaligi ishchilari shu kungacha 44 gektar paxta maydonining shoʻrini yuvishga muvaffaq boʻldilar. Bu ishda xoʻjalikning tajribali suvchisi Azamat Bekchanov fidokorona mehnat qildi.
- Biz shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish bilan birgalikda mahalliy oʻgʻit jamgʻarishga va ichki suv yoʻllarini tozalashga ham alohida eʼtibor berayotirmiz, - deydi fermer xoʻjaligi raisi Nurbek Vafoyev. – Bugungi kundagi asosiy maqsadimiz – bahorgi ekish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrishdan iborat.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶