8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi (+video)
Yurtimizga yasharish, yashnatish va yangilanish fasli bahor kirib keldi. Yerda hayotning bardavomligini, insoniyat qalbi bilan ona tabiatning uygʻunligini oʻzida mujassam etgan bahor biri-biridan jozibador bayramlari bilan goʻzal. Ayniqsa, Ayol bilan Bahorning koʻrk-u tarovatida biri-biriga monand mehnatkashligida, koʻklamning ilk quyoshidan bahra olib, kun sayin yashillanayotgan ona zaminning tovlanishlarida ajib oʻxshashlik bor. Bahor oʻz chechaklari bilan ona zaminni yashnatsa, Ayol mehri-muhabbati bilan Vatan, el-u xalq, oilalar obod boʻladi.
Tuman hokimligi tomonidan tomonidan shu yilning 4-mart sanasida oʻtkazilgan bayram tadbirida Bahor va Ayol madh etildi. Mangʻit shahridagi “Bek” toʻyxonasida turli jabhalarda mehnat qilayotgan aziz va muhtarama ayol-qizlar sharafiga bayramona dasturxon yozildi.
Tadbirni tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova ochdi va tumanimiz xotin-qizlari tomonidan amalga oshirilayotgan salmogʻi keng ishlar, erishilayotgan quvonchli yutuqlar haqida soʻz yuritib, ayol-qizlarni qizgʻin muborakbod etdi.
Shundan soʻng tumanimiz hokimi Sultonboy Yoʻldoshev soʻzga chiqib, barcha ayol-qizlarni goʻzallik va nafosat ayyomi – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabrikladi. Shu bilan birga hayotda, ishda va oʻqishda jamoat ishlarida faollik koʻrsatayotgan fidoyi ayol-qizlarga samimiy minnatdorchilik bildirib, ularga tuman hokimligi tomonidan Faxriy yorliqlar hamda bayram sovgʻalari topshirdi.
Bayram tadbirida “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Bekman Allambergenov, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Robiya Yoʻldoshevalar ham fidoyi va mehnatkash ayol-qizlarni sharaflovchi dil soʻzlarini izhor etdilar. Robiya Yoʻldosheva tadbir ishtirokchilariga sheʼriy tabrik yoʻlladi.
8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan bayram tadbirida tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan maxsus bayram dasturi ishtirokchilarga xush kayfiyat bagʻishladi.
Tuman hokimligi axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶