AYoL BAXTLI BOʻLSA – JAMIYaT BAXTLI BOʻLADI
Inson kamolotida, ayniqsa, yosh avlodni voyaga yetkazishda milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizning alohida oʻrni bor. Ayolning oʻz farzandiga bergan tarbiyasi uning jamiyatda tutgan oʻrnini belgilaydi. Zero, farzand ota-ona uchun koʻzgudir, farzand tarbiyasi avvalo oilada shakllanadi, ulugʻlanadi va qadr topadi. Bu boradagi asosiy urgʻu oilaga beriladi. 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Prezident Farmonining eʼlon qilinishi oilalarimizda ayol-qizlarimizning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ogʻir ijtimoiy ahvoldagi, nogironligi boʻlgan va nogiron farzandlarini parvarishlayotgan ayol-qizlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish, ularning bandligini taʼminlash, mehnat sharoitini yaxshilash, ayol-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dolzarb vazifalarni amalga oshirishda dasturilamal boʻldi.
Bizning Daryo boʻyi mahallamizda 2544 nafar aholi istiqomat qiladi, shundan 1328 nafari ayol-qizlardir. Mehnatga layoqatli 538 nafar ayol-qizlarimiz turli sohalarda xizmat qilmoqdalar. Mahallamizdagi boquvchisi yoʻq, nogironligi boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvoldagi ayol-qizlarimizning roʻyxati shakllantirilib, tuman hokimligi va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan zarur yordam koʻrsatib kelinmoqda.
Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilayotgan eʼtibor natijasida oilalarda ayolga boʻlgan munosabat oʻzgarib, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish kun sayin hayotimiz maʼno-mazmuniga aylanib bormoqda.
Ayol goʻzal boʻlsa – olam goʻzal, ayol tinch va xotirjam boʻlsa, oila, butun jamiyat baxtli boʻladi. Men goʻzal va nazokatli opa-singillarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklayman. Oilalarimiz farishtalari boʻlgan muhtarama onajonlarimiz, opa-singillarimiz hamisha omon boʻlsinlar!
Guljamila QURBONBOYeVA,
tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶