Kollejda “Sen muqaddassan, ayol!” deb nomlangan bayram tadbiri oʻtkazildi
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Mangʻit Iqtisodiyot kollejida “Sen muqaddassan, ayol!” deb nomlangan tadbir oʻtkazilib, unda kollej oʻqituvchilari va oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Kollejning “English speaking students” klubi aʼzolari tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirni kollej direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Yaxshimurod Ahmedov kirish soʻzi bilan ochib, ayol-qizlarni bayramlari bilan tabrikladi. Shundan keyin bayram tadbirida oʻquvchilar tomonidan ayollarni ulugʻlovchi sheʼrlar oʻqildi va ularni bahorga qiyoslovchi qoʻshiqlar aytildi.
“English speaking students” klubi tarkibida tashkil etilgan “Ideal” QVZ jamoasi tomonidan yigʻilganlarga yuqori kayfiyat bagʻishlovchi chiqishlar bilan birga onalarimizning qadriga yetib, ularning duolarini olishga undovchi sahna koʻrinishlari ham namoyish etildi.
Ayniqsa, Zebiniso Davlatboyeva tomonidan yaxshilikka va nafis gullarga burkangan bahorning tabiatini oʻzida aks etgan “Bahor” obrazining sahnaga olib chiqilishi barchaga tom maʼnodagi bahoriy kayfiyatni baxsh etdi.
Bayram tadbirida kollejning raqqosa qizlari hamda raqqos yigitlari tomonidan dilbar va joʻshqin raqslar ijro etildi.
Shuningdek, bayram tadbirida iqtidorli oʻquvchilardan biri Baxtiyor Qutimov ijrosida koʻz boylagʻich oʻyinlari va tomoshabinlar ishtirokida interaktiv oʻyinlar namoyish etildi.
Bayram tadbiri yakunida kollejda faoliyat koʻrsatayotgan ayol oʻqituvchilarga “English speaking students” klubi aʼzolari tomonidan tayyorlangan estalik sovgʻalari topshirildi.

Sayyora IBODULLAYeVA, kollejning
ingliz tili fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶