Sigirlarni sunʼiy urugʻlantirish boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi
11-mart kuni Qangli ovulidagi “Saparboyev Muzaffar” chorvachilik fermer xoʻjaligida sigirlarni sunʼiy urugʻlantirishning afzalliklari hamda qishloq xoʻjaligi va uy hayvonlarida uchraydigan oʻta xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish mavzusida koʻrgazmali semnar boʻlib oʻtdi.
Koʻrgazmali seminarda tuman veterinariya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Bahodir Bekchanov va Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Bayram Qurboniyozovlar soʻzga chiqishib, sohada roʻy berayotgan yangiliklar, sigirlarni sunʼiy urugʻlantirishning afzalliklari, qishloq xoʻjaligi va uy hayvonlarida uchraydigan oʻta yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalariga alohida toʻxtaldilar. Ular shuningdek, joriy yilning 25-yanvaridan 25-fevraligacha oʻtkazilgan “Quturish kasalligiga qarshi kurashish oyligi”da amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ham oʻz fikrlarini bildirdilar.
Koʻrgazmali seminarda tadbir ishtirokchilariga uy hayvonlarini emlash va sigirlarni sunʼiy urugʻlantirish yuzasidan amaliy tushunchalar berildi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶