Jamiyat
👁 461
“Doʻstlik” mahallasida totuvlik va hamjihatlikda sumalak tayyorlash marosimi oʻtkazildi
Bahor kelishi bilan elimizda sevimli milliy anʼanalardan biri boʻlgan sumalak tayyorlash marosimlari boshlanib ketadi. U mahalla-koʻy, doʻst-dugona, qarindosh-urugʻlar hamjihatligida nuroniy-keksa onaxonlar boshchiligida oʻtkaziladi.
11-mart kuni Doʻstlik mahallasida “Doʻstlik” koʻchasidagi Azimboy va Sharofat Boltaboyevlar xonadonida mahallaning pazanda, ishni koʻzini biladigan onaxonlari bosh-qoshligida muqaddas neʼmat – sumalak tayyorlandi. Qoʻni-qoʻshnilarning ahilligi, inoqligi va birdamligida oʻtkazilgan ushbu marosimga qoʻshiq va laparlar, oʻyin-kulgular yanada fayz kiritdi.
Sumalak tayyorlash tom maʼnoda, goʻzal tadbir. U hamjihatlik, totuvlik taftida yetiladi va insoniy rishtalar bogʻlanishiga xizmat qiladi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶