28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:50
Sport 👁 790

GIMNASTIKAChI QIZLAR YuTUQLARI

GIMNASTIKAChI QIZLAR YuTUQLARI

Sport insonni har tomonlama chiniqtiradi. Yoshlikdan sport bilan shugʻullanish bolani mustaqil boʻlishga undabgina qolmay, oʻziga ishonchini oshirib, qatʼiyat va mardlik xususiyatlarining shakllanishi, gʻalabaga intilishi, mustahkam irodaga ega boʻlishi uchun puxta zamin yaratadi. Gimnastikaning barcha turlari insonda mana shunday xususiyatlarning mustahkamlanishida muhim oʻrin tutadi. Mazkur sport turi bilan shugʻullanish nafaqat insonning jismoniy goʻzalligini shakllantiradi, balki uning feʼl-atvori, eng yaxshi fazilatlarini rivojlantiradi, irodasini chiniqtiradi, oldiga qoʻygan maqsadiga erishishga intilishini kuchaytiradi.

Tumanimizdagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida ham ushbu sport turi bilan shugʻullanish uchun yetarli sharoit yaratilgan boʻlib, ularda yoshlar gimnastika bilan muntazam shugʻullanishmoqda. Maktabdagi badiiy gimnastika guruhida bugungi kunda 114 nafarga yaqin 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan sportchi qizlarga 4 nafar malakali murabbiylar saboq berib kelishmoqda. Mahoratli murabbiylardan gimnastika sirlarini oʻrganayotgan sportchi qizlar turli musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarga ega boʻlishmoqda. Natijada sportning aynan shu turi bilan shugʻullanish istagida boʻlgan qizlar sport maktabiga yanada koʻproq tashrif buyurib, ularning saflari tobora kengaymoqda.

Sport maktabining badiiy gimnastika guruhidagi mohir sportchilar Mahliyo Toirova, Sarvinoz Ermakova, Asaloy Arabovalarni ham ota-onalari kichik yoshdan shugʻullanishga olib kelishdi. Gimnastika zalida ularga dastlab chaqqonlik, nafosat, qomatni tik tutish, toʻgʻri qadam tashlash kabi mashqlarni bajarish oʻrgatildi. Keyinchalik esa argʻamchi, tasma, toʻp, xalqa kabi jihozlardan foydalanishni, ishlatishni oʻrganishdi. Shu bilan birga oilada ham ularga alohida eʼtibor qaratilib, mashqlarni takrorlab turishlariga, oʻrganganlarini mustahkamlab borishlariga imkoniyat yaratib berildi. Natijada bu mahoratli gimnastikachi qizlar turli musobaqalarda faol ishtirok etib, yutuqlarga erishishdi va nafaqat tumanimiz, balki butun Respublikaning faxriga aylanishga ulgurdi.

Yaqinda Toshkent shahrida badiiy gimnastika boʻyicha 9-12 yoshdagi qizlar oʻrtasida mamlakat miqyosida eng iqtidorlilarni aniqlash maqsadida oʻtkazilgan “Qish ertagi” turnirida sport maktabimizning badiiy gimnastika guruhi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etishib, gʻolib boʻlib qaytishdi. Maktabimizda ushbu jozibador sport turini mukammal oʻzlashtirayotgan gimnastikachi qizlardan Mahliyo Toirova turnirda 10 yoshlilar oʻrtasida 1-oʻrinni, Sarvinoz Ermakova 12 yoshlilar oʻrtasida 2-oʻrinni, Asaloy Arabova 9 yoshlilar oʻrtasida 2-oʻrinni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldilar. Oʻz chiqishlarini mahorat bilan ijro etgan iqtidorli sportchi qizlar oltin, kumush medallar bilan qaytdilar.

Mamlakatimizda sportni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani tufayli sportning boshqa turlari qatorida badiiy gimnastika ham tobora ommalashib bormoqda. Sport maktabimizda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan va sportda yuqori choʻqqilarni zabt etishga qodir iqtidor egalari koʻp. Ular oʻzlarining ortidan yana minglab qizlarni sogʻlom turmush tarzi sari yetaklash bilan birga nufuzli musobaqalarning sovrindorlari boʻlishga ham intilishmoqda.

Maʼmura Matyoqubova, tuman BOʻSM

badiiy gimnastika guruhi murabbiysi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026