FIDOYILIGI UMRINI BEZAGAN AYoL
Yosh avlod qalbida ilm-fanga havas uygʻotib, savo-dini chiqarib, komil inson-lar boʻlib voyaga yetishishiga hissa qoʻshish – eng sharafli vazifadir. Xizr eli ma-hallasida dunyoga kelgan Olmagul ana shunday moʻʼ-tabar kasbga yoshligidan mehr qoʻydi. Oʻqituvchi boʻlib ishlaydigan otasi Eshimbat Xolimbetovning doimo bolalar tashvishi bilan yashashi, ularni alohida mehr bilan qaygʻurishi, yaxshi oʻzlashtira olmayotgan ayrim oʻquvchilari bilan darsdan soʻng qoʻshimcha shugʻullanib, bilimlilar qatoriga qoʻshish uchun kuyunib yurishlari yosh qizaloqning havasini kel-tirardi.
Olmagul ham otasi kabi oʻqituvchi boʻlishga qaror qilib, maktabni tugatgani-dan keyin Nukus Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetiga hujjat topshirdi. Oʻqishga kirib, uni muvaffaqiyatli tugatib kelgach, 2001-yilda oʻqituvchilik faoliyatini boshladi.
Ayni kunda u mehnat qilayotgan 64-sonli maktab tuman maktablari reytin-gida yuqori oʻrinlardan birini egallab turibdi. 260-oʻringa moʻljallangan muas-sasada hozirgi kunda ikki smenada 510 nafar oʻquvchi-yoshlar taʼlim olishmoqda. Ularga 42 nafar mahoratli oʻqituvchilar dars berib ke-lishayotir.
Muassasada Oʻtabika Yerdo-sheva, Goʻzal Qodirova, Muyassar Jumaniyozova ka-bi jamoada uzoq yillar samarali mehnat qilib, yurtimizga munosib oʻgʻil-qizlar tarbiyalab yetish-tirgan tajribali oʻqituv-chilar mehnat qiladi. Ular nafaqat oʻquvchi-yoshlarga, balki, oliygohlarni bi-tirib kelib, shu yerda oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan yoshlarga ham us-tozlik qilishadi, maho-ratlarini oshirish borasida yoʻl-yoʻriqlar berishadi. Natijada bugungi kunda Oybek Qurbonov, Mahfuza Safarboyeva kabi yosh oʻqi-tuvchilarning ham kasbiy malakasi oshib, koʻpgina yutuqlarga erishayaptilar.
Olmagul Xolimbetova yosh boʻlsa-da, ana shu ahil jamoada oʻz obroʻ-eʼtibori-ga ega, oʻquvchilarning se-vimli ustoziga aylana olgan intiluvchan, fidoyi ayol.
Olmagul uchun har bir dars mashgʻuloti oʻquvchi-yoshlarning bilimini, sa-lohiyatini oshirish uchun mukammal taqsimlangan lahzalar. Har safar u sinfxonaga kirib kelar ekan, zimmasidagi ana shu sharafli burchni ado etishga astoydil intiladi. Nati-jalar esa quvonarli.
– Oʻtgan 2017-2018 oʻquv yilida 9-sinf oʻquvchim Rayhona Baxtiyorova Fanlar olimpiadasining barcha quyi bosqichlarida gʻolib boʻlib, Qoraqalpogʻiston bosqichida 2-oʻrinni oldi. Uning bu yil, albatta, birinchi oʻrinni olishiga ishonaman, deydi Olmagul.
Rayhona Baxtiyorovadan umidlari ulkan. Qolaversa, u rahbarlik qilayotgan “Qizlarjon” klubining 40 nafardan ziyod qizlari oʻz hunarlari mahsuli bilan turli bayram tadbirlarida, tanlovlarda munosib ish-tirok etib kelishayapti. Olmagul rahbarligidagi 30 nafardan ziyod ayol-qiz-larni birlashtirgan maktab boshlangʻich xotin-qizlar tashkiloti tumandagi namu-nali boshlangʻich tashkilot-larning biri.
Uning zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oʻzi-ga xos ijodiy yondoshib yaratgan dars ishlanmalari Respublika miqyosida omma-lashtirilgan.
– Maktabda Olmagul opa kabi fidoyi oʻqituvchilar ham, koʻrinishidan kichkina maktabimizning yutuqlari ham koʻp. Joriy oʻquv yilida uch nafar oʻquvchi Javohir Xidirboyev iqtisod, Ulugʻbek Oʻrozimbetov tarix, Rayhona Baxtiyorova esa ona tili va adabiyoti fanidan Fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Respub-likasi bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritishgan. Yaqindagina boʻlib oʻtgan Bilimlar bellashuvining tuman saralash bosqichida 5 fandan 5 nafar oʻquvchi oʻtib, tuman bosiqichiga yoʻllanma olishdi, – deydi muassasa direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Mansur Nurullayev.
Har bir yoshning komil inson boʻlib voyaga yetishida, unga bilim va odamiylik, mehr-oqibat, ezgu orzu-niyatlar bilan yashash tuy-gʻularini singdirishda, jamiyatimizning munosib fuqarosi boʻlib yetishishida oʻqituvchilarning munosib oʻrni bor. Ana shunday sharafli kasbda mehnat qilib, uch nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazayot-gan, oqila oila bekasi boʻl-gan Olmagul Xolimbetovaga kelgusida bundan-da ulkan muvaffaqiyatlar tilab qo-lamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶