28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:14
Jamiyat 👁 3,478

FUQAROLARNING OʻZINI-OʻZI BOShQARISh TIZIMI: jamoatchilik va davlat idoralarining hamkorlikdagi faoliyati

FUQAROLARNING OʻZINI-OʻZI BOShQARISh TIZIMI: jamoatchilik va davlat idoralarining hamkorlikdagi faoliyati

Har tong oʻrnimizdan turib eshigimizni ochsak, koʻzimiz qoʻshnilarimizga tushadi. Ular bilan salomlashib, omonlik soʻrashib, koʻnglimiz xotirjam boʻladi. Chunki qoʻshnilarimiz tinch boʻlsa, qoʻshnilarimizdan, yaqinlarimizdan tarkib topgan mahallamiz tinch boʻlsa, oʻzimiz ham tinch boʻlamiz. Demak, har birimizning turmushimiz oʻzimiz yashayotgan mahalla bilan chambarchas bogʻliq.

Aholining tinch-totuv yashashiga erishishda, sogʻlom farzandlarning dunyoga kelishi va shiddatli zamonamizga mos intellektual salohiyatli, ona yurtiga fidoyi boʻlib ulgʻayishida, oilalardagi baʼzi bir muammolarning ijobiy hal etilishida mahallalarning oʻrni beqiyosdir. Xalqimizning  turmushi sifatini yanada yaxshilash maqsadida mahalla, ovul fuqarolar yigʻinlari faoliyati tubdan yangilanib, oʻzini-oʻzi boshqarish sohasida takomillashtirilgan tizimlar joriy etilmoqda.

Mahalla, ovul fuqarolar yigʻinlari faoliyatiga tatbiq etilgan jamoatchilik va davlat idoralarining hamkorlikdagi faoliyat tizimi ham shular jumlasidandir.

Yaqinda Mangʻit shahridagi Beruniy  mahallasida mazkur tizimga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

Koʻrgazmali seminarga tuman hokimi birinchi oʻrinbosari F.Saʼdullayev, tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi  raisi R.Roʻzmetov, tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi O.Halimov, Mangʻit shahridagi mahallalar oqsoqollari, diniy maʼrifat va maʼnaviy axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari, posbonlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar dastlab mahallada tashkil etilgan "Maslahat markazi” va "Orasta qizlar davrasi” faoliyatidan hikoya qiluvchi koʻrgazmalar bilan tanishdilar.

Koʻrgazmali seminarda tuman  hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedovaning yangi tizim xususidagi taqdimoti tinglandi. Mazkur tizimda mahalla, ovul fuqarolar yigʻinlarida beshta sektor - "Oilaga kirish sektori”, "Jinoyatchilik profilaktikasi sektori”, "Bandlik sektori”, "Salomatlik sektori”, "Taʼlim va tarbiya sektori” belgilangan reja asosida faoliyat yuritadi. Bu sektorlarga hududdagi davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari va xodimlari yetakchilik qiladilar va hamkorlikda ish olib boradilar. Har bir sektor oʻz tuzilishiga, vazifalariga egadir. Masalan, "Salomatlik sektori” aʼzolari sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda mahallada hafta kunlarini taqsimlash sxemasini ishlab chiqib, boshqa sektorlar bilan hamkorlikda ish olib boradi. Mazkur sxemaga muvofiq haftaning dushanbasi nuroniylar kuni, deya belgilangan boʻlib,  sektor aʼzolari bu kuni hududdagi keksa va nuroniylardan xabar olishib, kasalliklar profilaktikasi, dori-darmonlardan oqilona foydalanish va xonadonning saranjom-sarishta, ozodaligida keksalarning yoʻl-yoʻriqlari xususida suhbatlashadi. Seshanba - homiladorlar kunida hududdagi homilador ayollar bilan homiladorlik davridagi zarur qoidalar, bexatar onalik kabi mavzularda suhbatlar uyushtiradi va muammolari boʻlsa, hamkorlikda choralar koʻradi. Chorshanba – bolalar va oʻsmirlar kuni munosabati bilan hududdagi bolalar va oʻspirinlar bilan shaxsiy gigiyena, zararli odatlardan saqlanish, erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari xususida suhbatlar oʻtkazadi. Payshanba esa xonadon va ekologiya masalalariga bagʻishlanadi. Juma - ayollar va qizlar kuni deb belgilanganligi munosabati bilan oilada sanitariya holatining  yaxshilanishida bekalarning roli, qizlarni mustaqil hayotga va oilaga tayyorlash, sogʻlom turmush tarzi afzalliklari xususida suhbatlar oʻtkazish belgilangan. Shanba – oʻquv muassasalari kunida esa mahalladagi oʻquv muassasalariga tashrif buyurib, oʻquvchilarda gigiyenik salomatlikni shakllantirish, sport bilan doʻstlashishning foydasi, ichish-chekish  kabi zararli odatlardan saqlanish kabi mavzularda suhbatlar oʻtkazadi.

Mahallada tashkil etilgan beshta sektor rahbarlarining oʻz faoliyatlari taqdimotidan soʻng joriy etilgan tizim xususida fikr almashuvlar, taklif-mulohazalar bildirildi. Tuman hokimi birinchi oʻrinbosari F.Saʼdullayev, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi R.Roʻzmetovlar mahalla, ovul fuqarolar yigʻinlari faoliyatiga joriy etilgan tizim  afzalliklari va uni amalga oshirishdagi vazifalarga keng toʻxtaldilar.

Koʻrgazmali seminarda muhokama etilgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilindi.

O.RAJABOVA,

jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026