J.Narimov Amudaryo tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Paisining buyrugʻiga asosan Narimov Jasur Masharibovich Amudaryo tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Jasur Narimov 1987-yilda Amudaryo tumanida tugʻilgan. Millati - oʻzbek. Maʼlumoti - magistr. 2011-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini, 2013-yilda Povoljsk davlat texnologiya universitetini tamomlagan.
J.Narimov 2013-2014-yillarda MChJ shaklidagi «AMUDARYOTEX» xorijiy korxonasi ishchisi, tovarshunosi, tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha menedjeri vazifalarida faoliyat yuritgan. 2014-2015-yillarda Amudaryo tumani arxitektura va qurilish boʻlimi huzuridagi xoʻjalik hisobidagi ishlab chiqarish guruhi Individual uy-joy qurilish sektori mutaxassisi, 2015-2017-yillarda Amudaryo tumani hokimligining yirik qurilish, kommunikatsiya, kommunal xoʻjaligi va obodonlashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi, 2017-yilda tuman hokimligining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi vazifalarida ishlagan.
J.Narimov 2017-yilda tuman uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi, 2017-2018-yillarda Amudaryo tumani hokimining chegara masalalari boʻyicha yordamchisi lavozimlarida ishlagan. U 2018-yildan buyon Qoraqalpogʻiston Pespublikasi "Yermulkkadastr" davlat korxonasining Amudaryo tuman filiali boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Amudaryo tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Ulugʻbek Polvanov Amudaryo tumani yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi qilib tayinlangan edi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶