AMIR TEMUR TAVALLUD KUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI
Har yili yurtimizda 9-aprelda ulugʻ bobokalonimiz Amir Temir ibn amir Taragʻay tavallud topgan kun katta bayram qilinadi. Jahongir bobomiz dunyoga kelgan Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida, yurtimizning barcha hududlarida mazkur sanaga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtadi, uning hayot yoʻli va faoliyati , oʻziga xos jangovarlik qobiliyati, temuriylar saltanatini barpo etishdagi buyuk xizmatlari va adolatparvarligi, xalqparvarligi hurmat - ehtirom bilan tilga olinadi, bugungi avlodlarga ibrat qilib koʻrsatiladi.
tadbirlardan biri tumanimizdagi 65-sonli maktabda ham boʻlib oʻtdi. Kechada maktab oʻquvchilari Amir Temur hayotiga oid lavhalar sahnalashtirib, namoyish etishdi, bobomizga atalgan sheʼrlar ijro etishdi. Tadbir oʻquvchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.
Shahlo Safarboyeva, shu maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶