Madaniyat
👁 751
Madaniyat boʻlimida hisobot kontserti oʻtkazildi

Tumandagi madaniyat markazlarida sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha turli toʻgaraklar tashkil qilingan boʻlib, ularda yoshlardagi iqtidor, bilim va koʻnikmalar yanada rivojlantiriladi. Toʻgaraklarda 180 nafardan ziyod oʻquvchi-yoshlar 9 yoʻnalish boʻyicha taʼlim olishadi.
12-aprel kuni tuman Madaniyat boʻlimida madaniyat markazlaridagi toʻgaraklarning birinchi chorak hisobot kontserti oʻtkazildi. Kontsertda yosh isteʼdod egalari milliy cholgʻu asboblarida nafis kuylar, guruh va yakka raqslar, qoʻshiqlar ijro etdilar hamda sanʼatning turli yoʻnalishlari boʻyicha oʻz iqtidorlarini namoyish qildilar.
Havaskor yoshlar ijrosidagi kuy va qoʻshiqlar, jozibali raqslar barchaga zavq bagʻishladi.
Nasiba Yeshchanova,
tuman Madaniyat markazi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶