Jamiyat
👁 487
KITOB DOʻKONI MUDIRI OʻQUVChILARGA KITOB SOVGʻA QILDI

"Oʻzkitobsavdo taʼminoti"ga qarashli Amudaryo tumanidagi kitob doʻkoni mudiri, tadbirkor Ozod Davletov kitoblarning inson ruhiyatiga ijobiy taʼsiri ,ayniqsa bolalarning sogʻlom fikrli boʻlib voyaga yetishishida ahamiyati ulkan ekanligini juda yaxshi anglaydi, kitob doʻkoniga tashrif buyurgan mijozlarning sara asarlarni tanlashlariga yaqindan koʻmaklashadi. U yaqinda oʻzi taʼlim-tarbiya olgan 16-sonli maktabning faol oʻquvchilariga va maktab kutubxonasiga 300 ming soʻmlik badiiy asarlar sovgʻa qildi.
-Oʻzim taʼlim olgan sobiq maktabimdagi oʻquvchilarning har qanday yutuqlari dan juda quvonaman. Men sovgʻa qilgan kitoblarni bolalar oʻqib, albatta, kerakli xulosalar oladi, degan umiddaman,- deydi Ozod Davletov.
O. RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶