Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati!
Mamlakatimizda aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirishga, ijtimoiy zaif qatlamlar bandligini taʼminlashga, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tabdirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-sonli Qaroriga muvofiq 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ijrosini taʼminlash boʻyicha, aholi bandligini taʼminlashda davlat organlari ishlari samaradorligini oshirish, aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini tashkil etuvchi tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini ragʻbatlantirish yuzasidan qishloq tumanlarida, bundan aholi soni 5 ming kishidan koʻp boʻlgan aholi punktlari mustasno, sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar boʻyicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal taʼmirlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023-yil 1-iyulgacha barcha turdagi soliqlar toʻlashdan ozod etiladi, yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollangan xodimga toʻlanadigan qatʼiy belgilangan soliqni toʻlashdan ozod etiladi.
Shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik subʼektlari 3 nafargacha doimiy ishchilarni yollashga, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga, shuningdek, mehnatga layoqatli yoshga toʻlgan boshqa yaqin qarindoshlarini, shu jumladan, mehnatga layoqatli yoshga toʻlgan bolalari va nevaralarining er-xotinlarini, mehnatga layoqatli yoshga toʻlgan aka-ukalari va opa-singillarini, ularning er-xotinlarini yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik subʼekti ishtirokchilari sifatida jalb qilishga haqli, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tabdirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-sonli Qarorining 6-bandiga muvofiq birinchi marta mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uni olgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida qatʼiy belgilangan soliq toʻlashdan ozod etiladi, yakka tartibdagi tadbirkorlar 3 tonnadan ortiq yuk koʻtaruvchi avtomobil transportida yuklarni eng kam ish haqining 2 baravari miqdoridagi stavka boʻyicha tashish xizmatlaridan har oyda olinadigan qatʼiy belgilangan soliq toʻlaydi.
Shuningdek mazkur Qarorda 2018-yil 1-avgustdan boshlab Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga bir martalik subsidiyalar berilishini nazarda tutadigan ishsizlik boʻyicha sugʻurtalash tizimini joriy etish, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida roʻyxatdan oʻtgan va tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlovchi ishsiz shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun xarajatlarni eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida toʻlash, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga mansub shaxslarni, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslarni zaxiralangan (kvotalangan) eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga — har bir qabul qilingan xodim uchun har oyda eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida toʻlash. Bunda ishga qabul qilingan mazkur toifadagi shaxslarning bandligini eng kam son (kvota) oshgan sanadan boshlab kamida 12 oy davomida saqlash sharti nazarda tutilgan.
Ish beruvchilarga — aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga mansub xodimlarni, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslarni kasbga qayta oʻqitish va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirishga har bir xodim uchun eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida toʻlash amaliyotini joriy qilinishi belgilab qoʻyilgan
Bundan tashqari 2018-yil 1-sentyabrdan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlarining tasdiqlovchi maʼlumotlari va fuqarolarning arizalari asosida shaxsiy tomorqa xoʻjaliklarida ishlovchi fuqarolarni band boʻlgan shaxs sifatida hisobga olish mexanizmini joriy etilishi belgilab qoʻyilgan.
Aholi bandligini taʼminlash sohasida Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazida tadbirkorlik subekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtish amaliyotida fuqarolarga xodim yollagan holda faoliyatini yuritish, ish oʻrinlarini yaratishi, ularga berilgan imkoniyatlar haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari markaz xodimlari tomonidan olib borilayotgan targʻibot tadbirlarida aholining bandligini taʼminlash xususida xuquqiy tushuntirish berilib kelinmoqda.
Sodiqov Mansur Saidaxmedovich
Tuman Davlat xizmatlari markazi direktori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶