Fuqarolik holati boʻyicha muammosi bor ayollar uchun qabul oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyundagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi, adliya boʻlimi, xalq taʼlimi boʻlimi, vasiylik va homiylik organi, tuman Tibbiyot birlashmasi, FHDYo boʻlimi, “Oila” markazi hamda ovul va mahallalar bilan hamkorlikda fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan yigʻilish oʻtkazildi.

Tuman hokimligida boʻlib oʻtgan mazkur yigʻilishda tuman xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan farzandlariga tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini olmagan, rasmiy nikohi qayd etilmagan, fuqarolik pasporti bilan bogʻliq muammosi bor boʻlgan ayol-qizlar uchun qabul oʻtkazildi. Unda ishtirok etgan tuman IIB boʻlimi, tuman tibbiyot birlashmasi, vasiylik va homiylik organi, “Oila” markazi, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish tuman Kengashi rahbarlari hamda masʼul xodimlari ishtirok etishib, aniqlangan har bir holat mutaxassislar tomonidan chuqur tahlil etildi. Shuningdek, har bir aniqlangan holat yuzasidan tegishliligi boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berilib, ularni hal etish muddatlari ham belgilandi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶