Eng yaqin doʻst – kitob
Tumanimizda “Kitob sovgʻa qil!” aktsiyasi davom etmoqda.
Uyshin ovulida tugʻilib-oʻsgan va ovuldagi 18-sonli umumtaʼlim maktabida tahsil olgan, ayni paytda Toʻrtkoʻl tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida ishlayotgan Inobat Jumaboyeva ham oʻzi tahsil olgan ilm dargohida oʻquvchilar bilan uchrashib, dildan suhbatlashdi.
I.Jumaboyeva oʻquvchi-yoshlarga 60 dona turli nomdagi jahon va oʻzbek adabiyotining durdona asarlarini, shuningdek sport anjomlarini sovgʻa qildi.

Ilmga chanqoq va kitobsevar yoshlar bilan boʻlib oʻtgan davra suhbatida tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova ham oʻz shaxsiy kutubxonasi hisobidan 20 ta sara kitoblarni maktab oʻquvchilariga hadya etdi.

Kitob mutolaasining ahamiyati, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish bobomeros urf-odat va anʼanalarni asrab-avaylash, eng yaqin doʻst – kitob mavzusidagi dildan suhbat oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶