« HAMShIRA – 2019» koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi
Aholining reproduktiv salomatligini saqlash, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda hamshiralarning bilim darajalarini oshirish, tumanimizdagi barcha xizmat qilayotgan hamshiralar oʻrtasida oʻzaro madaniy doʻstlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida oʻrta tibbiyot xodimlari oʻrtasida tanlov oʻtkazish anʼanaga aylanib bormoqda. Tumanimizdagi markaziy shifoxona va koʻp tarmoqli markaziy poliklinika hamda 7 ta qishloq oilaviy poliklinika va 2ta qishlok vrachlik punktlarida mehnat qilayotgan hamshiralar oʻrtasida “Hamshira- 2019” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Unda 9 nafar hamshiralar oʻz bilimlarini va mahoratlarini namoyish qildilar.
«HAMShIRA – 2019» tanlovining tuman bosqichida 9 nafar hamshira qizlar - qabul boʻlimidan Nazokat Egambergenova, travmatologiya boʻlimidan Malohat Qurbonboyeva, ShTYo boʻlimidan Malohat Qodirbergenova, tugʻruqxona reanimatsiya posti hamshirasi Nargiza Qurbonboyeva, Berdaq QVPdan Janigul Badretova, reanimatsiyasi boʻlimidan Shahnoza Qoʻziboyeva, “Tez tibbiy yordam” boʻlimidan Hilola Oʻrozimbetova, bolalar reanimatsiya boʻlimidan Omongul Toʻrayevalar qatnashdilar. Ularning bilim va tibbiy mahoratini hakamlar xayʼati 10 ballik sistemada haqqoniy baholab bordilar. Gʻoliblarga tuman Tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi va maʼmuriyati tomonidan esdalik sovgʻalar va faxriy yorliqlar berildi. Tanlovda birinchi oʻrinni egallagan Shahnoza Qoʻziboyeva ushbu tanlovning Respublika bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.
Luiza Yangiboyeva, tuman Tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶