Durunki mahallasiga fuqarolar yigʻini raisi saylandi

Fuqarolar yigʻini raisi saylovi Durunki mahallasida ham oʻtkazildi.
1-may kuni boʻlib oʻtgan mazkur saylovda saylovchilar tomonidan saylangan 270 nafar vakillardan 215 nafari ishtirok etdi.
Ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda davlat organlari, korxona-tashkilotlar mutasaddilari hamda vakillar qatnashishdi. Yigʻilishda saylovni oʻtkazish tartibi belgilab olindi. Durunki mahallasi fuqarolar yigʻini raisligiga qoʻyilgan nomzodlar Baxtiyor Abdullayev, Shuhrat Jumaniyozov, Gavhar Mingboyevalar haqida batafsil maʼlumot berildi va ularning maʼruzasi tinglandi. Shuningdek, saylovchilarga ovoz berish tartibi keng tushuntirildi.


Oʻzbekiston Pespublikasi “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisidagi” Qonunining 20-moddasida belgilangan meʼyorlarga asoslanib, Durunki mahallasida ham fuqarolar yigʻini raisini saylash yashirin ovoz berish orqali amalga oshirildi va eng koʻp ovoz toʻplagan nomzod Shuhrat Jumaniyozov rais etib tayinlandi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶