OIV YoKI ORTTIRILGAN IMMUNITET TANQISLIGI SINDROMI: u inson hayotini halokatga olib keladi
Odam immuntanqislik virusi (OIV) kasalligi butun dunyoni qora bulut singari egallamoqda. OIV - odam immuntanqislik virusi. U organizmni infektsiyalardan tabiiy himoya qiluvçi immun tizimini yemiradi. OITS - orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi. Bu immun tizim yemirilib, uning faoliyati buzilganidan söng odam har qanday infektsiyalarga beriluvçan bölib qoladigan holat. OIV bilan zararlangan kişini taşqi körinişiga qarab aniqlab bölmaydi. Organizmda OIV borligi maxsus testlar yordamida aniqlanadi. Test ötkazişdan maqsad organizmga kirgan OIVga qarşi kuraşiş uçun organizm tomonidan işlab çiqarilgan himoya oqsillarini (antitela) aniqlaşdir. Ammo OIV ni yuqtiriş xavfi bilan boğliq jinsiy aloqa yoki xavfli (infektsion) yöl bilan narkotik moddani qabul qilgandan keyin tekşiruv ötkaziş maqsadga muvofiq emas. Yuqtiriş ehtimoli paytidan antitela paydo bölguniga qadar maʼlum bir vaqt - bir neça haftadan 3-6 oygaça vaqt ötişi zarur. Agar qon tahlili seronegativ deb nomlangan davrda qilinsa, uning natijasi manfiy böladi.
Inson organizmiga kirgan har qanday mikroorganizmlarni farqlaydigan himoya - immun hujayralarining maxsus guruhi T-xelperlar deb ataladi. Odamning immuntanqislik virusi özining oqsillari bilan bu hujayralarning yuzasiga birikib oladi va ularning taşqi qobiqlarini buzib, yemiradi. Keyin virusning RNK hamda fermentlari hujayraning yadrosiga kirib boradi va virusning yangi nusxalarini işlab çiqara boşlaydi. Şunday qilib, OIV T-xelperlarni özining himoya vazifasini bajarişdan mahrum qilib, "öziga işlaşga” majbur qiladi. Keyinçalik T-xelperlar soni kamayadi va organizmning himoya kuçlari xoldan toyadi, oqibatda boşqa kasallik qözğatuvçilariga qarşi kuraşiş imkoniyati qolmaydi. Natijada har qanday kasallikni qözğatuvçi zamburuğ, bakteriya, viruslar endi özining yölida tösiqqa uçramaydi.
Jahon soğlikni saqlaş taşkilotining maʼlumotiga köra bugungi kunda jahonda 34 mln.dan ziyod inson OIV infektsiyasi bilan yaşayapti. Ilk bor bu xastalik 1981 yilda AQŞdagi kasalliklarni nazorat qiliş markazi tomonidan qayd qilingan. Bizning Respublikamizda mahalliy aholida mazkur kasallik bilan kasallaniş 1989 yilda boşlangan. Bu dahşatli ofatdan har yili 3 mln.ga yaqin dunyo aholisi vafot etyapti, şundan bolalar 600-700 mingni taşkil etadi. Özbekistonda OIV infektsiyasi bilan yaşayotganlarning soni 16mingdan ziyod. Ularning 70 foizini erkaklar, 30 foizini ayollar taşkil qiladi. Bugungi kungaça OIV infektsiyasining oldini oliş işlari olib borilişiga qaramasdan tumanimizda ham 10 nafar bemor röyxatga olingan.
Agar eslaringizda bölsa, OIV intsektsiyasini yuqtiriş va OITSga çalinişning zararli oqibatlari töğrisida "Taraqqiyot közgusi” gazetasining 2013-yil, 25-dekabr sonida ham "OIV infektsiyasi va kelajak avlod” sarlavhasi bilan mutaxassis-şifokor maqolasi berilgan edi. Biz uşbu mavzuga qayta-qayta murojaat qilişimizga ham obʼektiv, ham subʼektiv sabablar köp. Çunki butun dunyo aholisini taşvişga solayotgan bu kasallik infektsiyasini tabiatning eng ongli va oliy mahsuli – inson tarqatmoqda. Betartib hayot keçiriş, töqlikka şöxlik qilib, köngil köçalariga kirib, şarm-hayoni unutgan holda tanfuruşlik qiliş, giyohvand moddalarini isteʼmol qilişga mukkasidan ketiş – inson hayotini ana şunday halokat yoqasiga olib kelmoqda. OIVni yuqtirgan er özi bilan turmay, umr yöldoşi, hali dunyoga kelmagan murğak gödagining hayotiga çegara qöymoqda. Bu – juda katta ijtimoiy fojea.
Yuqorida tumanimizda 10 nafar kişi şunday dard bilan yaşayotganlari haqida aytib ötgan edik. Demak, öşa 10 nafar OIV bilan yaşayotgan kişilarning umr yöldoşi yoki farzandlariga bu dahşatli kasallikni yuqtirmasliklariga heç kim kafolat bera olmaydi.
Har qanday ofatga qarşi kuraşişdan köra, uning oldini oliş osonroq keçadi. Şu bois, TTB huzuridagi "Salomatlik markazi” tomonidan tumanimizdagi barça mahallalarda, öquv dargohlari, korxona va taşkilotlarda doimiy ravişda giyohvandlikka, OIV infektsiyasi va OITSga qarşi kuraş mavzusida davra suhbatlari, "Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati jurnalistlari bilan hamkorlikda öquv muassasalarida seminarlar, aholi va yoşlar örtasida jonli muloqotlar tarzidagi tuşuntiriş-tarğibot tadbirlari ötkazilib kelinmoqda. Bunday tadbirlarimizda minglab kişilar iştirok etişib, özlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olişmoqda.
Bizning maqsadimiz esa hamişa xalqimizni soğlom, yoşlarimizni barkamol köriş, hayotimizda soğlom turmuş tarzini qaror toptirişdir.
O.Halimov,
tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶