Maktab oʻqituvchisi malaka oshirish institutida ochiq dars oʻtkazdi
Amudaryo tumanidagi 38-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Raʼno Avazmurodova Nukus shahridagi Ajiniyoz nomli xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tinglovchilari uchun “Xotira va qadr” mavzusida bir soatlik ochiq dars oʻtkazdi.
Ochiq dars jarayonida R.Avazmurodova tinglovchilarga oʻquvchilar ongida urushning dahshatli oqibatlari toʻgʻrisida, xotira va qadr haqida, hozirgi tinch va osoyishta hayotimizning qadri haqida keng tushunchalarni shakllantirish, ularga fahriylarni qadrlash, ota-onalar va keksalar holidan xabar olish, oʻtganlarni yod etib, ularning qabrlarini ziyorat qilib turish yuzasidan doimiy ravishda nasihatlar berib borish yuzasidan oʻz fikrlarini bayon qildi.
Ochiq dars yakunida R.Avazmurodova tinglovchilarning koʻplab savollariga javoblar berdi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶