ChOYKOʻL OFYGA YaNGI OQSOQOL SAYLANDI
Mamlakatimizda mahalla instituti faoliyatini yanada jonlantirish, fuqarolarning demokratik jarayonlardagi ishtirokini taʼminlash hamda faolligini oshirish borasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan izchil siyosat ayni kunlarda joylarda oʻtkazilayotgan fuqarolar yigʻinlari rais (oqsoqol)lari saylovida yaqqol namoyon boʻlmoqda.
8-may kuni Choykoʻl madaniyat va aholi dam olish markazi binosida boʻlib oʻtgan Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi ham oshkoralik va shaffoflik asosida oʻtkazildi. Mazkur saylovda 435 nafar saylovchilar vakillarining 80 foizi ishtirok etishdi.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovini oʻtkazish uchun masʼul ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda hududdagi idora va tashkilotlar, korxonalar hamda tadbirkorlik subʼektlari rahbarlari hamda saylovchilar vakillari qatnashdilar.
Yigʻilishda ishchi guruh tomonidan saylovni oʻtkazish tartibi belgilab olindi va yigʻilish kotibi, rayosat aʼzolari, sanoq komissiyasi raisi va aʼzolari saylandi.
Shundan soʻng, Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga qoʻyilgan nomzodlar Yaxshimurod Ahmedov hamda Yangiboy Xudoyberganovlar haqida batafsil maʼlumot berildi va nomzodlarning maʼruzalari tinglandi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonun matni saylovchilarga oʻqib berilib, ovoz berish tartibi tushuntirildi. Mazkur Qonunning 20-moddasida bilgilangan meʼyorlarga asoslanib, Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi yashirin ovoz berish orqali amalga oshirildi va eng koʻp saylovchilar ovoziga ega boʻlgan nomzod Yaxshimurod Ahmedov Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini oqsoqoli etib saylandi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶