Tabiatga eʼtiborsizlik jinoyatga boşladi
Atrofimizni örab turgan yaşil olam – milliy boyligimiz. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasida: "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bölişga majbur” ekanligi qayd etilgan. Lekin ana şu fuqarolik burçini hamma ham tuşunavermaydi yoki tuşunib turib, özlarini bilmaganga solişadi.
"Qangli” ovulida yaşovçi fuqaro Ötamurod Polvonov (ism-şarifi özgartirildi) ovul hududida tabiiy ravişda ösib turgan 345 tup töranğil daraxtini heç qanday ruxsatsiz çopib, quriliş aşyosi sifatida foydalanmoqçi bölgan va oqibatda tabiatga 31 321 646 sömlik zarar yetkazgan.
"Dösjon bobo” fermer xöjaligi joylaşgan hududda istiqomat qiluvçi yana bir fuqaro Abror Hamidov esa 2013-yilning 5-sentyabr kuni 73 tup töranğil daraxtini çopib, tabiatga jami 16 228 269 (ön olti million ikki yuz yigirma sakkiz ming ikki yuz oltmiş töqqiz) söm miqdorida zarar yetkazgan.
Afsuslanarli tomoni şundaki, har ikkala fuqaro ham biron marta bu daraxtlar parvarişi bilan şuğullanmay, tabiiy holda ösib, atrof-muhitga gözallik baxş etib turgan daraxtlarni noqonuniy ravişda çopib, moddiy manfaat körişni rejalaştirganlar. Natijada, Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida hayvonot va ösimliklar dunyosini muhofaza qiliş töğrisidagi qonun hujjatlariga xilof ravişda jinoyat sodir etganlar.
Jinoyat işlari böyiça tuman sudi tomonidan ösimlik dunyosidan foydalaniş tartibini buzib, tabiatga juda katta miqdorda zarar yetkazganlari uçun Ötamurod Polvonovdan 31 321 646 (öttiz bir million uç yuz yigirma bir ming olti yuz qirq olti) söm, fuqaro Abror Hamidovdan 16 228 269 (ön olti million 228 ming 269) söm davlat foydasiga undirib olindi.
Konstitutsiyamizda qayd etilganidek, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda böliş har birimizning fuqarolik burçimizdir. Buni unutişga aslo haqqimiz yöq.
M.Babatayev,
Orol tabiatni muhofaza qiliş prokurori, adliya kiçik maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶