“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi
20-may kuni tuman Madaniyat boʻlimi kontsertlar zalida tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi. Unda ushbu tanlovning hududiy bosqichida gʻolib boʻlgan 6 nafar ishtirokchilar “Eng yaxshi metodist tarbiyachi”, “Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi”, “Innovatsion va axborot texnologiyalarni qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblik uchun bahslashdilar.
Maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarining pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ularning ilgʻor tajribalarini ommalashtirish, innovatsion taʼlim texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etish maqsadida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovning tuman bosqichida “Yilning eng yaxshi metodist tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha 2-sonli MTM tarbiyachisi Feruza Bekimbetova, “Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha 1-sonli MTM tarbiyachisi Dilbar Qurbonboyeva, “Innovatsion va axborot texnologiyalarni qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha 29-sonli MTM tarbiyachisi Maqsuda Qalandarovalar uchala shartni ham aʼlo darajada bajarishib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Gʻoliblar mazkur tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdilar.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶