Oʻzbekiston Pespublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi
Sayyor qabullar fuqarolarning dardini tinglash, ularning muammolarini joyida hal etish, xalqqa yanada yaqinlashish, ularning davlatdan rozi boʻlib yashashlarini taʼminlashda muhim vosita boʻlmoqda. Davlat organlari mansabdor shaxslarining joylarda oʻtkazayotgan sayyor qabullarida murojaatlar tezkor hamda joyida hal etilmoqda.
28-may kuni Choykoʻl ovulida Oʻzbekiston Pespublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Bahrombek Odilovning sayyor qabuli oʻtkazildi. Unda Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Ichki ishlar vaziri Aytbay Temirxanov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, IIB boshligʻi Dilshod Ibragimov, tumandagi muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Sayyor qabulda Amudaryo tumani va boshqa tumanlardan kelgan fuqarolar inson huquqlari, fuqarolik, huquq-tartibot va boshqa sohalarda masʼullarga shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qildilar. Jumurtov ovulida yashovchi Kanja Qurboniyozovning 2017-yilda Jinoyat protsessual Kodeksining tegishli moddasiga koʻra qamalgan oʻgʻlini avf etish masalasida, Choykoʻl ovulida yashovchi Dilbar Pirimbetovaning sotib olgan avtomashinasi garovga qoʻyilgani sababli taʼqiq qoʻyilgani, uni nomiga oʻtkazishning imkoniyati boʻlmayotgani haqida, Nazarxon ovulida yashovchi fuqaro Azamat Abdurazakovning “Buxoro-Nukus” avtomagistral yoʻlining Nazarxon ovulidan oʻtish hududiga tezlikni cheklovchi belgi oʻrnatish boʻyicha qilgan murojaatlari shular jumlasidandir.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning turli masalalar boʻyicha amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatlari joyida oʻrganilib, ularni tez orada ijobiy hal qilish bshyicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.


O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶