Gʻoʻzalarni sugʻorishga bagʻishlangan koʻrgazmali kengash boʻlib oʻtdi
Shu yilning 2-iyun kuni Toʻlqin ovulidagi Farhod Xalillayev rahbarlik qilayotgan “Gulmira - Gulruh” fermer xoʻjaligida gʻoʻza nihollarini sugʻorishni sifatli va oʻz muddatlarida oʻtkazishni tashkil etishga bagʻishlangan koʻrgazmali kengash boʻlib oʻtdi.
Tadbirni tuman hokimi S.Yoʻldashev boshqarib bordi. Yigʻilganlar – qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi masʼul xodimlari, MMTPlar va fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar rahbarlari Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari I.Yunusov, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar kengashi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi rahbari A.Yoʻldoshevlarning gʻoʻzalarni sugʻorishni oʻz vaqtida va meʼyorida olib borish yuzasidan maslahat va yoʻl-yoʻriqlarini tingladilar.
Aytish joizki, joriy yilda gʻoʻzalarni koʻchma egiluvchan quvurlar orqali sugʻorishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Koʻrgazmali kengashda bu boradagi amalga oshiriladigan ishlar jarayoni amaliyotda koʻrsatilib, yangi usul afzalliklari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Koʻrgazmali kengashda fermer xoʻjaliklari rahbarlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va gʻoʻzani koʻchma egiluvchan quvurlar orqali sugʻorish borasida kerakli maʼlumotlarga ega boʻldilar.
O.Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶