Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq qabulxonasi mudiri oʻzi taʼlim olgan maktabga 260 dan ziyod kitob sovgʻa qildi
Tumanimizdagi 21-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari yozgi taʼtilda ham koʻp vaqtini maktab kutubxonasida oʻtkazishadigan boʻlishdi. Chunki shu yil 27-may kuni maktab sobiq oʻquvchisi, uzoq yillar prokuratura sohasida samarali mehnat qilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi mudiri Hakimboy Halimov kutubxonaga 260 tadan ortiq badiiy, siyosiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kiruvchilar uchun qoʻllanmalar sovgʻa qildi. Albatta, bu kitoblarning ayrimlari uning oʻzining turli yillarda oʻqigan, bugungidek darajaga yetishishida muhim rol oʻynagan kitoblaridir.
Hakimboy Halimov bu kitoblarni oʻquvchilar qoʻliga topshirar ekan, ularga ilm oʻrganib, yurtimiz koriga yaraydigan insonlar boʻlib voyaga yetishishini tiladi.
Maktab maʼmuriyati tomonidan sobiq oʻquvchiga buningdek xayrli ishi uchun minnatdorlik bildirildi. Chunki eng yaxshi va beʼbaho sovgʻa – kitobdir.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶