Yoshlar ittifoqi faollari bolajonlarni xursand qildilar
Bolalarning shodligi uchun dunyolarni tortiq qilsa ham arziydi. Ularning olam yoshartiradigan quvonchini, begʻubor zavqini hech narsalar bilan aslo tenglashtirib boʻlmaydi.
Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi qoshidagi Nogironlarni qoʻllab-quvvatlash markazining “Koʻngillilar guruhi” aʼzolari bayramda koʻtarinki kayfiyat bagʻishlash maqsadida Markaziy shifoxonadagi bemor yotgan va uy sharoitida taʼlim oluvchi nogironligi boʻlgan bolalar xonadonlariga borib, holidan xabar olishdi. Multfilm va ertak qahramonlari qiyofasidagi guruh aʼzolari, tashkilot faollari bolajonlarga turli sovgʻalar bilan birga xush kayfiyat ulashishdi.
Bolajonlar bayram kungi tashrifdan, eʼtibordan nihoyatda shod boʻldilar.
M.Rahmatullayeva, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashining 76-sonli maktabdagi yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶