Prezident maktablariga tuman xalq taʼlimi boʻlimida hujjat topshirish mumkin
Aziz ota-onalar!
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Pespublikasida ham ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari shaklida Prezident maktabi tashkil etilmoqda.
Nukus shahridagi Ibrayim Yusupov nomli maktabda joriy yil 1-iyundan 22-iyungacha Prezident maktabga hujjatlarni qabul qilish jarayoni boʻlib oʻtmoqda.
Joriy oʻquv yilida Prezident maktablariga oʻquvchilar 5-10-sinflarga, kelgusi yillardan boshlab esa 5-sinfga qabul qilinadi.
Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Prezident maktabiga hujjatlarni onlayn tarzda, Nukus shahriga bormasdan tuman Xalq taʼlimi boʻlimi binosida topshirish imkoniyati yaratildi. Buning uchun ota-onalardan biri farzandining maktabdan maʼlumotnomasi, baholar tabelining tasdiqlangan nusxasi, guvohnomasi bilan tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga murojaat qilishi mumkin. Hujjatlar dushanbadan jumagacha 15:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi.
Shuningdek, boʻlimda Prezident maktablariga kirish uchun namunaviy testlarni olib tanishish imkoniyati ham mavjud.
Koʻrsatiladigan barcha xizmatlar bepul.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶