HARBIY QISMDA MEHNAT YaRMARKASI TAShKIL ETILDI
Chegara postida xizmat qilayotgan harbiylarning oila aʼzolarini ish bilan taʼminlash, bandligiga koʻmaklashish maqsadida tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, Bandlikka koʻmaklashish markazi hamkorligida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yaqinda tumanimizdagi 9202-K va 9202-D harbiy qismlarida oʻtkazilgan yarmarkada 47 korxona-tashkilot tomonidan 323 ish oʻrni taklif etildi. Shuningdek, mehnat qonunchiligi, mehnat muhofazasi, tadbirkorlik maqsadlari uchun kredit olish tartibi va boshqa masalalar boʻyicha tadbir tashkilotchilari tomonidan tushuntirish va maslahatlar berildi.
Tadbirda Prezidentimizning 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra ajratilayotgan mikrokreditlar yoʻnalishlari haqida maʼlumot berildi.
F.MAHAMADIYeV,
R.JANNAZAROV,
harbiy xizmatchilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶