“OLMAZOP” MAHALLASIDA NAMUNAVIY LOYIHALAP BOʻYIChA QUPILGAN 32 TA APZON UY-JOYLAP FOYDALANIShGA TOPShIPILDI(Video)
Aholi, ayniqsa, uy-joyga muhtojlar va yosh oilalarni turar-joy bilan taʼminlash, har tomonlama qulay, zamonaviy va namunaviy loyihadagi uylarni qurish orqali ularga koʻproq yengillik yaratib berish doimiy ezgu ishga aylanmoqda. Foydalanishga topshirilayotgan uy-joylarda xalqimizning qadriyat va anʼanalari hisobga olinganligi, farovon yashashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi bunday xonadonlarga ega boʻlayotgan aholini behad mamnun qilmoqda.

“Olmazor” mahallasida 15-iyun kuni “Koʻna qalʼa Mangʻit” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan namunaviy loyihalar boʻyicha qurilgan 32 ta arzon uy-joylar oʻz egalariga foydalanishga topshirildi. Tadbirda tuman hokimi S.Yoʻldashev, tuman Xalq qabulxonasi mudiri E.Pajabov, hokim oʻrinbosarlari, mahalla raisi, pudratchi korxonalar va boshqa qurilish tashkilotlari rahbar hamda masʼul xodimlari qatnashdilar. Ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar dastlab xonadon sohiblarini yangi uyga ega boʻlishgani bilan qizgʻin tabriklashdi hamda mamlakatimizda yangi uy-joylar qurish hisobiga aholining hayot darajasi va sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida toʻxtalib oʻtishdi. Yangi uylar egalari ushbu koʻrkam yashash joylari oilalarning farovon hayot kechirishi uchun barcha zarur sharoitlar bilan taʼminlangani haqida gapirib, minnatdorchilik bildirdilar. Shundan soʻng, mehmonlar yangi uylarda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar.
Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz boʻylab amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar barchaga xursandchilik bagʻishlash bilan birga, ertangi kunga ishonchni mustahkamlamoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶